Samarqand qog‘ozi

O‘zbekiston geografik ko‘rsatkichlar ro‘yxati yangi nom bilan boyidi

Foto: afisha.uz

Viloyatning an’anaviy sovg‘asi va hunarmandchilik namunasi bo‘lmish Samarqand qog‘ozi O‘zbekiston geografik ko‘rsatkichlar ro‘yxatiga rasman kiritildi. Ushbu qaror Samarqand viloyati adliya boshqarmasi va Intellektual mulk markazi taklifi asosida Adliya vazirligi tomonidan qabul qilindi.

Geografik ko‘rsatkich maqomi “Samarqand qog‘ozi” iborasini qonun bilan himoyalashni anglatadi – bu nomni faqat Samarqandda an’anaviy usulda tayyorlangan mahsulotlargina olishi mumkin.

Geografik ko‘rsatkichni ro‘yxatdan o‘tkazish hunarmandchilikni soxtalashtirishdan himoya qilishga va an’anaviy ishlab chiqarish usullarini asrab qolishga xizmat qiladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles