San’at ta’mi: Chingiz Ahmarovga ehtirom
QAND SS 2025: Davrlarni birlashtirgan rassom merosidan ilhom olgan yangi kolleksiya

Hayotda shunday lahzalar bo‘ladiki, ularni unutib bo‘lmaydi. Chunki bir paytlar siz ularni boshdan kechirgansiz, nafasingiz bo‘g‘ilib, beixtiyor boshingiz aylanardi.
Qand brendi 5-may kuni Chingiz Ahmarovga bag‘ishlangan Spring Summer 2025 yangi kolleksiyasi taqdimotini o‘tkazdi. Tadbir so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydigan va Instagramdagi ko‘plab hikoyalarda tasvirlab bo‘lmaydigan his-tuyg‘ularni uyg‘otdi. Ularni faqat boshdan kechirish va his qilish mumkin. Har bir soniyani hademay tugab qoladi degan qo‘rquv va hayajon bilan yashash. Har bir lahzani eng mazali shirinlik kabi sekin-asta tatib ko‘rish, har bir ohangni eslab qolishga intilish.
Saidakmal Vahobov — Qand brendi asoschisi: Menimcha, har qanday mahsulotning ta’mini idrok etishga ko‘plab omillar ta’sir qilishi mumkin. Shokoladimizni Jeneva ko‘li boʻyida Alp tog‘lari manzarasidan zavqlanib tatib koʻrish boshqa, dalada tinmay mehnat qilib, so‘ng tatib ko‘rish boshqa holat. Biroq, umid qilamanki, qayerda bo‘lmasin, shokoladlarimizdan olingan taassurot eng yuqori darajada bo‘ladi.
Maftuna Amilxanova: Avvalo, mehmonlar biz sahnada qayta yaratishga harakat qilgan ertak olamining bosh qahramonlari ekanligini his qilishlarini xohlardik. Biz tomoshabinlarni harakat ishtirokchisiga aylantirmoqchi edik. Shu sababli teatr defilesining finalida “yetti go‘zal” zalda o‘tirib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehmonlarga qaradi, mehmonlar esa bu paytda sahnada turardi. Rollar almashdi – zal bilan sahna o‘rtasidagi chegara yo‘qoldi.
Biroq bu hali hammasi emas edi: keyin bizni orkestr chuquriga yaqinroq borishga taklif qilishdi. Odatda bu teatrda klassik musiqa yangraydi. Ammo o‘sha kuni u yerdan megapolis ildizlari va ritmlarining uyg‘unligi eshitilardi.
Qasrlarga turfa ziynat baxsh etsin,
Ranglarni kamalak kabi naqsh etsin.
Qasrlar ichi ham, sirti ham bir xil,
Rang bilan bezalsin bag‘oyat sarxil, - deya kuylardi u.
Maftuna Amilxanova: Albatta, bizni Chingiz Ahmarov chizgan suratlar, Alisher Navoiy she’riyati asosida yaratgan o‘sha dunyo ilhomlantirdi. Ammo eng muhimi, bu g‘oyani amalga oshirishda ishtirok etgan barcha ijodkorlarning ichki holati edi. Bizda chegara yo‘q edi – faqat to‘liq fikr erkinligi bor edi. Men esa teatr defilesida Sayyora Musayeva ijro etgan qo‘shiq matnini yozdim. Uning yaratilishiga Alisher Navoiyning eski o‘zbek tilidagi “Sab’ai sayyor” dostoni asos bo‘ldi.
Badiiy qism yakunlangach, brend asoschisi Saidakmal Vahobov buyuk rassom asarlarining asl tasvirlari tushirilgan yangi Qand SS 2025 sovg‘a qutilari to‘plamini taqdim etdi.
Maftuna Amilxanova: Aslida hammasini moslashtirish qiyin bo‘lmadi. Biz boshidanoq his qildik: Katta teatr sahnasi – bu har narsa mumkin bo‘lgan makon! Ayniqsa, yoningizda ajoyib jamoa bo‘lsa, imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q.
Qand brendining yangi kolleksiyasi taqdimoti bu ijodkorlar uchun chegara yo‘qligining yana bir isbotidir. Ularning ijodiy yondashuvi kutilmagan formatlar, g‘ayrioddiy joylar va har qanday voqeani san’atga aylantirish qobiliyati bilan yana ko‘p bor hayratga soladi. Hadya etgan his-tuyg‘ularingiz uchun rahmat, Qand!
Suratlar: Stanislav Boyko, Otabek Mirsagatov