Schiaparelli ko‘rgazmasi

Ibtidodan bugungi kungacha

Foto: instagram / schiaparelli

Londondagi Viktoriya va Albert muzeyida Schiaparelli ko‘rgazmasi o‘z eshiklarini ochadi. Ekspozitsiya moda uyi tarixini Elza Skiaparellining dastlabki avangard to‘plamlaridan to Daniel Rouzberrining zamonaviy ishlarigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.

Tashrif buyuruvchilar 200 dan ortiq eksponatni tomosha qilishlari mumkin: kiyimlar, aksessuarlar, taqinchoqlar, arxiv hujjatlari, haykaltaroshlik namunalari, mebellar, atirlar va boshqa san’at asarlari. Asosiy eksponatlar orasida 1938-yilgi “skelet” ko‘ylagi, Salvador Dali bilan hamkorlikda yaratilgan “Ko‘z yoshlari” libosi va Vindzor gersoginyasi kiygan qisqichbaqa tasviri tushirilgan ko‘ylak mavjud.

Ko‘rgazma 2026-yil 21-martda ochiladi va 1-noyabrgacha davom etadi.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles