Selena Gomez turmush qurdi

To‘y Kaliforniyada o‘tkazildi

29 Sen 2025
Foto: Instagram / selenagomez

Selena Gomez prodyuser Benny Blanco bilan turmush qurdi. Marosim Goleta shahridagi Sea Crest Nursery qarorgohida bo‘lib o‘tdi.  Ralph Lauren tomonidan tikilgan orqasi ochiq libosdagi Gomezning guldastasi marvaridgullardan tuzilgan edi. Blanco xuddi shu brendning an’anaviy smokingini kiydi. Kelin obrazini platina va brilliantlar bilan bezatilgan Tiffany & Co. sirg‘alari to‘ldirdi.To‘yda taxminan 170 mehmon ishtirok etdi, ular orasida Taylor Swift, Steve Martin, Martin Short, Ed Sheeran, Paris Hilton, Paul Rudd va David Henrie ham bor edi.

Juftlik ko‘p yillik hamkorlikdan so‘ng 2023-yilda uchrasha boshlagan. 2024-yil dekabr oyida Blanco uylanish taklifini bergan va 2025-yilda ular "I Said I Love You First" nomli qo‘shma albom chiqarganlar.

Maqolani baham ko'ring

Related articles