Shahardagi eng yaxshi suzish havzalari

BeFit fitnes-klublari tarmog‘ida

Shahar jaziramasi avjiga chiqqanda, faqat bir narsa – salqin suvga sho‘ng‘ishni istaysiz. Endi tasavvur qiling, nafaqat chiroyli, balki tanangiz uchun foydali tarzda tetiklanish mumkin! ELLE O‘zbekiston tahririyati BeFit fitnes-klublari tarmog‘ining eng sara suzish havzalarini to‘pladi. Ular – ertalabki suzishlar, mashg‘ulotlar yoki shahar markazida suv bo‘yida bemalol dam olish uchun ajoyib manzillar.

BeFit ONE

25 metr uzunlikdagi keng yarim olimpiya havzasi ertalabki go‘zallik marosimlari yoki kechqurungi “o‘zingiz uchun” daqiqalarga mo‘ljallangan – mayin musiqa va suvdagi yorug‘lik jilosi ostida.

Klubda ikkita alohida havza mavjud:

– asosiy yarim olimpiya havzasi – suzish va mashg‘ulotlar uchun

– va kichikroq havza – bolalar uchun, bu yerda ilk suzishdan boshlab qulay va xavfsiz bo‘ladi.

Makon har bir jihati bilan puxta o‘ylangan: yoritish, akustika, muhit – barchasi qulaylik va tetiklanish hissini berish uchun xizmat qiladi. Ushbu klubning asosiy afzalliklaridan biri shundaki, abonement nafaqat BeFit ONE’ning barcha imkoniyatlariga, balki tarmoqning boshqa klublariga ham kirish huquqini beradi.

BeFit PRO

Tiniq suvli keng olimpiya havzasi ertalabki suzish yoki ish kunidan so‘ng bo‘shashtiruvchi cho‘milishga taklif etadi. Faolroq mashg‘ulotlarni yoqtiruvchilar akvaaerobika darslarini ma’qul ko‘radilar – bu bo‘g‘imlarga ortiqcha yuk tushirmasdan tanani tetik saqlashning ajoyib usuli. Agar to‘liq tetiklanishni istasangiz, xotirjam suzishdan so‘ng SPA-hududiga tashrif buyurishingiz mumkin: sauna, hammom va dam olish zonalari kuchingizni tiklashga va quvvat olishga yordam beradi.

BeFit SKY

Bu yerda sizni bir yo‘la ikkita havza kutmoqda: keng 25 metrli – jadal suzish uchun va shinam 12 metrli – bemalol dam olish va tiklanish uchun. Suvda mashq qilish uchun puxta o‘ylangan akvazona manzarani to‘ldiradi, bu yerda har bir mashg‘ulot haqiqiy zavqqa aylanadi. Zamonaviy jihozlar, panoramali manzaralar, tafsilotlarga e’tibor – bu sog‘lom bo‘lishni va shahar sur’atida qolishni, ayni paytda go‘zal hayotdan lazzatlanishni istaganlar uchun ajoyib joy.

Maqolani baham ko'ring

Related articles