Shell platformasidagi art-aksiya

“Vizual qichqiriq”

16 Avg 2025
Foto: greenpeace.org.uk

Greenpeace faollari rassom Anish Kapurning Butchered nomli installyatsiyasini amaldagi Shell Skiff gaz platformasiga o‘rnatishdi. 96 metrli matodan iborat asar dengiz suvi, lavlagi kukuni va qonni eslatuvchi bo‘yoq aralashmasi bilan qoplangan. Kapurning so‘zlariga ko‘ra, installyatsiya - bu iqlim inqirozi oqibatlari haqidagi “vizual qichqiriq”dir. Greenpeace aksiyani Buyuk Britaniyada kuzatilgan noodatiy issiq ob-havoga bag‘ishladi hamda uni neft-gaz sanoati tomonidan sayyoraga yetkazilgan jarohatning ramzi deya atadi. Shu tariqa san’at asari tarixda ilk bor ishlab turgan gaz platformasiga o‘rnatildi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles