“Silk Roads” koʻrgazmasi Britaniya muzeyida.
Buyuk Britaniyaning asosiy muzeyida 2024 yilning 26 sentyabridan boshlab Oʻzbekistonning 14 ta eksponati namoyish etila boshlaydi
Britaniya muzeyining Sainsbury koʻrgazmalar galereyasida “Ipak yoʻllari” koʻrgazmasi oʻz ishini boshlaydi. U beshta jo‘g‘rofiy hududni oʻz ichiga olib, tashrif buyuruvchilarga turli muzey sara to‘plamlariga mansub 300 dan ortiq eksponatlarni namoyish etadigan Ipak yoʻlining oʻz yoʻlaklari boʻylab ravona bo‘lishlariga yoʻl ochadi.
Koʻrgazma beshta jo‘g‘rofiy hududni oʻz ichiga olib, ular tashrif buyuruvchilarga turli muzey sara to‘plamlariga mansub 300 dan ortiq eksponatlarni namoyish etadigan Ipak yoʻlining oʻz yoʻlaklari boʻylab ravona bo‘lishlariga yoʻl ochadi. Saffolkda topilgan Hindiston anorlaridan tortib to Yaponiyada topilgan Eron shishasigacha, ushbu buyumlar Ipak yoʻli savdo tarmoqlarining hayratlanarli darajada keng doirasini kashf ettiradi.
Aksariyat ashyolar, shu jumladan, shatranj donalarining eng ko‘hna to‘plamlaridan biri va Afrosiyob (Samarqand, Oʻzbekiston)dagi hashamatli 6 metrlik “Elchilar xonasi” devoriy surati Londonda ilk bor namoyish etiladi. Devor rasmi o‘sha davr xalqaro savdosida ustuvor rol oʻynagan, markaziy osiyolik so‘g‘dlarning jahongashta ekanliklari haqida tasavvur uyg‘otadi.
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi “Ipak yo‘li” ko‘rgazmasi uchun mamlakat muzey kolleksiyalarida saqlanayotgan 14 eksponatni taqdim etadi. Ular orasida Markaziy Osiyoning Buyuk Ipak yo‘li tarixidagi ahamiyatiga dalolat bo‘luvchi Varaxsha saroyi alvon mehmonxonasining devoriy surati (VIII asr), qopqoqli suyakdon (VI–VII asr), so‘g‘d yozuvi tushirilgan kumush idish (V asr), Kofirqal’a xarobasiga oid ko‘za (VI–VII asr) va boshqa noyob arxeologik topilmalar mavjud.
“Ipak yo‘llari” koʻrgazmasi 2024-yil 26-sentabrdan 2025-yilning 23-fevraliga qadar Britaniya muzeyidagi “Sainsbury” koʻrgazmalar galereyasida muxlislar uchun muntazir.