Silvia Anel — Marivi Bombarelli

O‘zbekiston ispan rassomlari nigohida

Foto: INSTAGRAM / silviaanel

“Atrikul32” studiyasida Silviya Anel va Marivi Bombarellining ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Unda O‘zbekistondan ilhom olgan ikki ispaniyalik rassomning asarlari namoyish etiladi. Mamlakat Marivi Bombarelli va Silviya Anelga madaniy va badiiy ilhomning tugamas manbai sifatida namoyon bo‘ldi.

Marivi an’anaviy o‘zbek matolari bilan bezatilgan mebel turkumini yaratdi. Bu asarlarda zamonaviy dizayn avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan hunarmandchilik mahorati bilan uyg‘unlashgan. Silviya esa O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlaridan olgan taassurotlari, manzaralar va me’morchilik asosida yaratilgan asarlarni taqdim etdi. U ko‘rganlarining vizual va hissiy mohiyatini ifodalashga intilgan.

Ekspozitsiya Sharq va G‘arbning san’at va dizayn sohasidagi o‘zaro ta’sirini, yangi estetik ma’nolar va madaniy aloqalarni shakllantirishini namoyish etadi.

 

Ko‘rgazmaning ochilishi 23-may kuni soat 20:00 da bo‘lib o‘tadi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles