Sitrus quvvati: jaziramadan so‘ng teriga qanday qilib yorqinlikni qaytarish mumkin?
Yozgi stress ortda qoldi — tiklanish vaqti keldi

Issiq yoz asta-sekin kuzga yo‘l berar ekan, tabiat ham, teri ham go‘yoki kutish holatiga o‘tadi. Yilning eng quruq va beayov davri bo‘lgan chilladan so‘ng, teri holdan toyadi: UV-nurlanish, suvsizlanish, jazirama va shahar changi teriga o‘z ta’sirini o‘tkazgan bo‘ladi. Natijada yuz rangi xiralashadi, teri silliqligini yo‘qotadi. Shu o‘tish mavsumida yozgi omon qolishdan rejimidan tiklanish rejimiga o‘tish juda muhim. Kuz shamollari esa boshlashidan avval teriga muvozanat va yumshoqlikni qaytarib beruvchi puxta o‘ylangan va mayin parvarish zarur.

fotо: Agnes Wonke-Toth
Shu davrda eng samarali yordamchilardan biri — parvarish vositalari tarkibidagi sitrus komponentlari bo‘ladi. Gap faqat ularning yoqimli hidida emas: bu yengil ifor ortida ilmiy laboratoriyalarda tekshirilgan va vaqt sinovidan o‘tgan kuchli faol moddalar yashiringan.

fotо: Levin Lee
Sitruslar samarasining siri nimada?
Apelsin, limon, greypfrut, mandarin, yuzu ekstraktlari — S vitamini, mevali kislotalar (AHA), flavonoidlar va antioksidantlarning eng boy manbai hisoblanadi. Ular nafaqat terini yangilaydi, balki uni tiklash va himoyalash jarayonida faol ishtirok etadi:
- S vitamini yuzdagi dog‘lar va xiralikka qarshi kurashadi, teri rangini ochadi hamda kapillyarlarni mustahkamlaydi.
- AHA-kislotalar bois teri yengil po‘st tashlaydi, natijada hujayralar yangilana boshlaydi.
- Antioksidantlar quyosh va atrof-muhitning zararli ta‘sirini neytrallashtiradi.
- Tabiiy sitrus moylari terini tonusga keltiradi, sebum meʼyorida ishlab chiqarilishini taʼminlaydi va yengil antiseptik taʼsir ko‘rsatadi.
Terini ortiqcha qiynamay tez va samarali jonlantirish, ya’ni yangilanish, detoks qilish va rangini tekislash zarur bo‘lgan chilla davrida aynan shunday moddalar dolzarb bo‘ladi.

foto: Levin Lee
ELLE tanlovi: teri yozda ham porlab turishi uchun sitrusli samarali parvarish
Ekstremal issiqda terini himoya qilish va tiklash haqida gap ketganda, tarkibida faol, ammo xavfsiz komponentlari bo‘lgan to‘g‘ri mahsulot tanlash juda muhim. Go‘zallik olamida e’tirof etilgan va yozgi intensiv parvarish uchun mos bir nechta vositalarni keltiramiz:
The Ordinary Vitamin C Suspension 23% + HA Spheres 2% — 23% sof, barqarorlashtirilgan shakldagi C vitamini va gialuron kislotasining namlantiruvchi sferalaridan iborat to‘yingan vosita. Formula teri rangini tekislash, tabiiy porlashni tiklash va teksturasini yaxshilashga qaratilgan. Mahsulotni surtishda o‘ziga xos his beradi, shuning uchun uni kechki payt qo‘llash tavsiya etiladi. Kunduzgi vaqtda esa albatta SPF bilan birga ishlatish kerak.

fotо: instagram \ @theordinary
Drunk Elephant C-Firma Day Serum – tarkibida 15% sof S vitamini, ferul kislotasi, meva ekstraktlari va peptidlar mavjud. U erkin radikallardan himoya qiladi, terining rangini va tuzilishini yaxshilaydi, taranglashtiradi va tabiiy porlashini ta’minlaydi. Kunduzgi parvarish uchun ishlab chiqilgan va quyoshdan himoya qiluvchi vositalar bilan yaxshi uyg‘unlashadi.

fotо: instagram \ @drunkelephant
Caudalie Vinoperfect Radiance Serum – patentlangan Viniferine komponenti va S vitamini bilan boyitilgan. U teriga mayin ta’sir qiladi: dog‘larni ochartiradi, yuz rangini tekislaydi. Sezuvchanligi yuqori teriga ham mos keladi, qizarish yoki qichishishga sabab bo‘lmaydi. Yengil teksturaga ega bo‘lgan bu vositani har kuni qo‘llash mumkin.

fotо: instagram \ @caudalie
Kiehl‘s Powerful-Strength Line-Reducing Concentrate – tarkibida 12,5% sof S vitamini va gialuron kislotasi mavjud. U terining ilk qarish belgilariga qarshi kurashadi: ajinlarni kamaytiradi, xiralikni va suvsizlanishni bartaraf etadi. Muntazam ravishda qo‘llanilganda sezilarli natija beradi. Kunduzgi parvarishda albatta quyoshdan himoya qiluvchi vosita bilan birga ishlatilishi kerak.

foto: instagram \ @kiehls