2024-yil yoz oyining zamonaviy yubkalari

Jiddiy ko‘rinishdagi, romantik, dadil…

08 Iyul 2024
Foto: SPOTLIGHT

Yubkalar yozda ko‘p bo‘lmaydi. Ayniqsa, ular jiddiy, romantik, dadil ko‘rinishdagi shunday xilma-xillikka ega bo‘lsa. Keling, hammasi haqida bir boshdan boshlasak.

Keng burmali yubkalar

Mana bir necha mavsum davomida keng burmali kalta plissirovka yubkalar o‘z o‘rnini mustahkam egallab turibdi. Ular 2000-yillarning estetik ko‘rinishini eslatadi. Obrazni yubkaga mos keladigan toplar yoki “offis sirene” trendi uslubi elementlari bilan to‘ldirsa bo‘ladi. Bu obrazga metalli aksessuarlarni qo‘shish mumkin.

Foto: SPOTLIGHT / Celine

Romantik yubkalar

Volanli (qavat-qavat to‘lqinli), burmali va bezakli yubkalar kundalik obrazga o‘ziga xos noziklik bag‘ishlab, o‘zgacha ko‘rinish kasb etadi. Assimetrik andaza, yon tomondagi shleyf yoki bir necha qator burmalar dizaynerlar fantaziyasining chegara bilmasligidan dalolat beradi. Bachkana ko‘rinish bo‘lmasligi uchun bunday yubkalarni tepa qismi oddiyroq uslubda bo‘lgan futbolka yoki qalin rubashka bilan kiyish tavsiya etiladi.

Foto: SPOTLIGHT / Loewe

Atlas yubkalar

Bugungi kunda, atlas yubkalari ayni trendda va eng yuqori pog‘onani egallab turibdi. Ular har qanday holat uchun chiroyli obraz yaratishda juda qulay. Ishga yoki o‘qishga, ish bo‘yicha muhim yoki romantik uchrashuvlarga, oqshom tadbirlariga, xullas, hamma vaqt kiysa bo‘ladigan yubkalardan sanaladi. Buning uchun, midi yoki maksi uzunligidagi yubkalarni tanlash lozim. Suv parisidek ko‘rinishga ega bo‘lishi uchun yubkalar boshqacha bichiladi. Atlas yubkalarni boshqa kiyimlar bilan bemalol moslashtirish mumkin.

Foto: SPOTLIGHT / Ulla Johnson

Velvet (chiyduxoba) yubkalar

Agar siz bejirim ko‘rinishni istasangiz va shu bilan birga, obrazga urg‘u bermoqchi bo‘lsangiz, unda e’tiboringizni velvet yoki zamshdan tikilgan yubkalarga qarating. Kuningizni salqinroq xonada o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, unda shunday yubkalarni kiyish ayni muddao. Bunday matolar qalin bo‘lgani uchun yubkaning shaklini yaxshi saqlaydi va sizni yanada ko‘rkam ko‘rsatadi.

Foto: SPOTLIGHT / Miu Miu

Yarim shaffof yubkalar

Shaffof midi yoki maksi yubkalar hozirda eng so‘nggi trenddagi yubkalar hisoblanadi. Bunday yubkalar to‘rlar yoki burmalar bilan to‘ldiriladi. Albatta, bu yubkalarni uzun rubashka yoki futbolkalar bilan kiyish maqsadga muvofiq. Agar yubkaning ichki astari bo‘lmasa, unda velosipedkalar (shorti ko‘rinishidagi qulay sport kiyimi) bilan kiysa ham bo‘ladi.

Foto: SPOTLIGHT / Jacquemus

Offis sirena yubkalari

“Offis sirene” uslubi bizga ijtimoiy tarmoqlardan kirib keldi. Ofisda ishlaydigan qiz-ayollar ishga yasanib, ofisdagi zerikarli ish kunidan o‘zlarini shunday chalg‘itishadi. Laklangan charmdan yoki zig‘ir matosidan tikilgan, midi uzunligidagi va qalam ko‘rinishidagi yubkalar aynan shunday ayol-qizlar uchundir. Yubkaning oldi yoki orqa tomonida razrez (kesma) bo‘lishi ham mumkin.

Foto: SPOTLIGHT / Jacquemus

Maqolani baham ko'ring

Related articles