Sochlar uchun 2025-yil ranglari: e’tiborni tortishdan qo‘rqmaydiganlarga atalgan trendlar

Yulduzlar kabi, kuch sarflamasdan uslub

23 Sen 2025
fotо: instagram \ @sofiagrainge

Go‘zallik olamida mavsum o‘zgarishi bilan trendlar yangilanadi va bundan sochlar ham chetda qolmaydi. 2025-yilda stilistlar koloristikada urg‘u o‘zgarganini ta’kidlashmoqda: sochlarning tabiiy tuzilishi va inson fe’l-atvoriga urg‘u beruvchi  ranglar birinchi o‘ringa chiqmoqda. So‘nggi yillarda yumshoq karamel va klassik blondlar yetakchilik qilgan bo‘lsa, endilikda ustma-ust tushuvchi murakkab, to‘yingan va yorqin ranglar birinchilikni qo‘lga kiritmoqda.

Sovuq kashtan

2025-yilda bu rang yana modaning sevimli ranglari orasidan joy oldi va bu bejiz emas. U nafislik, asilzodalik va universallikni ifodalaydi, shu bilan birga an’anaviy qoraga nisbatan yuz qirralarini yumshatib beradi. Sovuq kashtan rangi, ayniqsa uzun, tekis yoki yengil to‘lqinsimon sochlarda o‘zgacha ko‘rinadi, qiyofaga nazokat va sirlilik bag‘ishlaydi.

fotо: instagram \ @oliviorodrigoso

Asal rang blond

Blondning iliq tuslari yana urfga kirmoqda. Lekin ular ilgarigi ranglarda emas, ancha tabiiy va latofatli talqinda qaytmoqda. Mayin jilvalarga ega blondning bu turi yuzga tarovat bag‘ishlaydi, qiyofaga esa muloyimlik, samimiyat va ayollik jozibasini beradi.

fotо: instagram \ @rosiehw

Mis rangida jilolanadigan malla rang 

Malla rang tobora ommalashib bormoqda. Mazkur rangning alangasimon qizg‘ishdan tortib mayin mis rangigacha bo‘lgan har qanday ko‘rinishi qiyofaga yorqinlik va quvvat beradi. Asosiy e’tibor sochlarga qaratilishi uchun stilistlar mis rangini minimalistik pardoz bilan uyg‘unlashtirishni tavsiya etishadi.

fotо: instagram \ @handemiy

Krem-soda

“Krem-soda” rangi so‘nggi yillarning asosiy byuti-trendlardan biri bo‘lib qolmoqda. Blond va bryunetning bu nozik uyg‘unligi mayin, tabiiy, shu bilan birga o‘ta nafis  ko‘rinish beradi. Bunday rang keskin o‘zgarishni xohlamaydigan, shu bilan birga o‘ziga xosligini ko‘rsatib, qiyofasiga yengil joziba qo‘shishni istaydiganlarga juda mos keladi.

fotо: instagram \ @sofiagrainge

To‘yingan musallas rangi

To‘q bordo va musallas ranglari 2025-yilning eng ko‘zga tashlanadigan va zamonaviy ranglaridan biridir. Ular ayniqsa sovuq mavsumda obrazga sirlilik va yengil dramatizm qo‘shib, yanada go‘zal ko‘rinadi. Bunday rang darhol nigohni o‘ziga tortadi va uslubga xarakter bag‘ishlaydi.

fotо: instagram \ @camimendes

2025-yilda moda sochlar bilan tajribalar qilishdan cho‘chimaslikka chorlaydi. Ammo faqat trendda bo‘ladigan emas, balki sizning betakrorligingizga urg‘u beradigan rangni tanlash qanchalik muhim ekanini unutmang.

Maqolani baham ko'ring

Related articles