Sofia Coppoladan yangi kitob
Chanel Haute Couture

Rejissyor Sofia Coppola Chanel moda uyining 110 yilligiga bag‘ishlangan “Chanel Haute Couture” kitobini taqdim etdi. 448 sahifali nashr arxiv fotosuratlari, eskizlar, sahna ortidagi kadrlar va Coppolaning 1986 yilda Karl Lagerfeld qo‘lida o‘tagan amaliyoti haqidagi shaxsiy xotiralarini o‘z ichiga oladi. Bu tajriba uning moda haqidagi estetik qarashlarini shakllantirgan va kitobning vizual konsepsiyasi uchun asos bo‘lgan.
Kollaj uslubida bezatilgan kitob Coco Chaneldan to Virginie Viardgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Suratlar mualliflari orasida Man Ray, Steven Meisel, Helmut Newton va Annie Leibovitz bor. Nashr “Éditions 7L” hamda Coppolaning “Important Flowers” nashriyoti bilan hamkorlikda chop etilgan. Narxi — $1152.