Sofiya Koppola Venetsiya kinofestivalida
Mark Jeykobs haqidagi film

“Marc by Sofi” nomli film Sofiya Koppolaning ilk hujjatli loyihasi bo‘lib, 27-avgustdan 6-sentyabrgacha davom etadigan 82-Venetsiya kinofestivalida tanlovdan tashqari namoyish etiladi. 97 daqiqalik tasma dizayner Mark Jeykobsning ijodiy yo‘li va uning rejissyor bilan ko‘p yillik do‘stligi haqida hikoya qiladi.
Filmda ko‘plab arxiv materiallari, jumladan, 1994-yilda Nyu-Yorkdagi Mark Jeykobs ko‘rgazmasi oldidan Koppola va Spayk Jonz tomonidan uyushtirilgan ko‘cha namoyishidan olingan lavhalar ishlatiladi.