Sport uslub bilan uyg‘unlashganda

Befit fitnes klublari tarmog‘ining noyob yo‘nalishlari

Har bir BeFit fitnes klubi insonning hayot sur’ati, kayfiyati va intilishlarini aks ettiruvchi alohida turmush tarzini ifodalaydi. Bu maskanlarda sport estetika, texnologiya va qulaylik bilan uzviy bog‘langan. Har bir joy o‘ziga xos g‘oyani ilgari suradi, mashg‘ulotlar nafaqat natijadorlik, balki ilhombaxsh bo‘lishi uchun ham noyob yo‘nalishlarni taklif etadi.

BeFit ONE

BeFit ONE fitnes klubi yuqori darajadagi xizmat, zamonaviy texnologiyalar va shaxsiy yondashuvni o‘zida mujassam etgan. 2017-yilda ochilgan klub Toshkentda premium fitnesning yangi andozalarini o‘rnatdi. Bu yerda siz keng qamrovli fitnes-testdan o‘tishingiz, shaxsiy mashg‘ulot dasturini ishlab chiqishingiz va o‘zingizga qulay mashg‘ulot shaklini – yakka tartibdagi yoki guruhli – tanlashingiz mumkin.

BeFit ONE’da mashg‘ulotlar uchun turli xil hududlar mavjud: zamonaviy trenajyor zali, suv sporti zonasi, maxsus yakkakurash maydoni, skvosh-korti, shuningdek, pilates, funksional trening va velosport studiyalari. Yosh sportchilar uchun gimnastika, basketbol, yakkakurash, qoyaga chiqish va suzish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan BeFit Kids Club faoliyat yuritadi.

Ushbu majmua sportda mukammallikka intiladigan va shaxsiy yondashuvni qadrlaydigan insonlar uchun eng maqbul joy hisoblanadi.

Manzil: Osiyo ko‘chasi, 1B (mo‘ljal: Novomoskovskaya turar-joy majmuasi)

Telefon: +998 94 660 22 00

BeFit Box 

Toshkentdagi 1000 kv.m maydonni egallagan guruh dasturlari uchun zamonaviy fitnes maskani – bu jismoniy shaklni va organizmning funksional imkoniyatlarini rivojlantirishga intilayotganlar uchun ajoyib tanlovdir.

Bu yerda noyob mashg‘ulot hududlari va yo‘nalishlari jamlangan:

  • Rogue Amerika brendining professional uskunalari bilan jihozlangan krossfit mashg‘ulotlari uchun maydoncha;
  • Yangi cho‘qqilarni zabt etishga intilayotganlar uchun jahon yetakchisi Entre-Prises’dan sun’iy qoya;
  • Yuqori shiddatli funksional mashg‘ulotlar, aralash jang san’atlari, klassik va tay boksi uchun maxsus hudud.

Manzil: Osiyo ko‘chasi, 1B (mo‘ljal: Novomoskovskaya turar-joy majmuasi)

Telefon: +998 93 501 44 00

BeFit PRO 

2020-yilda BeFit PRO biznes segmentidagi innovatsion fitnes majmuasi ochildi, bu yerda texnologiyalar va qulaylik mashg‘ulotlar uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratadi.

Klubda turli xil fitnes faoliyatlari uchun zonalar mavjud: trenajyor zali, suv sporti hududi, yakkakurash va krossfit maydonchalari, sun’iy qoya, shuningdek, velosport va Mind&Body studiyalari.

Klub akvafitnes, jang san’ati, triatlon, raqs va funksional mashg‘ulotlar kabi fitnesning barcha sohalarini qamrab olgan 20 dan ortiq yo‘nalishlarni taklif etadi.

Manzil: Beshyog‘och ko‘chasi, 10B (HUMO ARENA qarshisida)

Telefonlar: +99895 0000001

BeFit Eco 

Eco Park sog‘lomlashtirish bog‘ida joylashgan BEFIT Eco fitnes-butigi uyg‘unlik va ilhom muhitida zamonaviy guruh dasturlarini taklif etadi.

Ta’sirchan muhit, yuqori sifatli jihozlar va professional murabbiylar sizga salohiyatingizni ochishga va fitnes olamida yangi yutuqlarga erishishga yordam beradi.

Bu yerda sizni skvosh-kortlar, BeFit SALATERIA’ning Black & White room va Juice & Coffee Bar maxsus studiyalari kutmoqda.

Klub quyidagi asosiy yo‘nalishlarni taklif qiladi:

  • Shiddatli mashg‘ulotlar (Burn60’, Core60’, Make Body mualliflik dasturi);
  • Tana uyg‘unligi (yoga, stretching, ayollar uchun Pilates Mat, Pilates MOTR);
  • Raqs darslari (Zumba, Body Ballet);
  • BeFit Running Club (yugurish ishqibozlari hamjamiyati).

Manzil: M-1, Markaziy ekopark

Telefon: +998 99 205 00 33

BeFit Sky 

Shahar cho‘qqisida joylashgan, sport va moda uyg‘unlashgan premium fitnes majmuasi Tashkent City Mall’ning eng yuqori qavatini egallagan. Bu yerda innovatsiyalar, hashamat va ilg‘or mashg‘ulot usullari noyob makon yaratadi.

Majmua zamonaviy trenajor zali, panoramali suv sporti zonasi, funksional studiya, sun’iy qoya va mamlakatdagi birinchi padel-kortlarni o‘z ichiga oladi. Trening yo‘nalishlari ro‘yxatiga akvafitnes, funksional mashg‘ulotlar, Pilates Reformer va Allegro, TRX, shuningdek, yoga va stretching kiradi.

Mehmonlar shaxsiy murabbiylar xizmatidan foydalanishlari, guruh mashg‘ulotlarida qatnashishlari yoki sauna va massaj xonasi bo‘lgan tiklanish hududida dam olishlari mumkin. BeFit SALATERIA’ning mazali va foydali taomlaridan bahramand bo‘lish orqali mashg‘ulot kunini yakunlash mumkin.

Manzil: Olmazor ko‘chasi, 2A (Tashkent City Mall)

Telefon: +998 95 000 00 00

Hamkorlik materiali.

Maqolani baham ko'ring

Related articles