“Stixiya”

Elektron musiqa, san’at va fan festivali

Foto: INSTAGRAM / stihiafestival

29-31 may kunlari Mo‘ynoqdagi kemalar qabristonida har yilgi “Stixiya” elektron musiqa, san’at va fan festivali o‘tkaziladi.

“Stixiya” o‘zini mintaqaning barqaror rivojlanishi, atrof-muhit va madaniy merosga o‘zaro hurmat yo‘nalishidagi harakat sifatida namoyon etadi.

“Stixiya”ning asosiy vazifalari tashqi va ichki turizmni rivojlantirish, iste’dodlarni jamlash, ijodiy iqtisodiyot rivojiga hissa qo‘shish, shuningdek, mintaqa yoshlarining yangi qiyofasini shakllantirishdan iborat.

Ishtirok etadigan san’atkorlar ro‘yxati ham e’lon qilindi:

Aisha Devi (Shveysariya);

Arushi Jain (Hindiston);

Dsl System;

Jan Jelinek (Germaniya);

Josef Tumari (O‘zbekiston);

LOUD373 (O‘zbekiston);

Mari Breslavets (O‘zbekiston);

Soft Blade (Rossiya).

Maqolani baham ko'ring

Related articles