Barchasi Street Style haqida: zamonaviy, yorqin, oʻziga xos

Cheklovlarsiz uslub

21 Iyul 2024
Foto: SPOTLIGHT

“Street style”, oʻziga xos moda uslubi bilan mashhur boʻlib, nafis klassikani hamda ajoyib tajribalar eklektik uygʻunlashuvini oʻz ichiga oladi. Har bir qismi ahamiyatga ega boʻlgan tekstura, rang va aksessuarlar uygʻunligi sanʼati koʻcha uslubini “oʻzni ifodalash” miqyosi darajasiga koʻtardi.

Foto: SPOTLIGHT

Bu uslubga yetarlicha mashhurlikni urbanizatsiya, marketing, televideniye, qolaversa voqelikni izlaydiganlar uchun “muqobil” hayot tarzini jilvakor qilib qoʻygan ijtimoiy tarmoqlar olib keldi.

Shuningdek, mashhurlar hamda modellar turli xil koʻrgazmalar va tadbirlarda koʻrinish berib, haqiqiy moda perfomanslarini taqdim etishyapti. Parij, Milan, London va Nyu-York koʻchalari moda haftaligi davomida nafaqat libosini, balki oʻz tabiatini, ijodkorligini hamda oʻziga xosligini namoyon etadigan improvizatsiya podiumiga aylandi.

ELLE bahor-yoz 2024 mavsumi uchun “Street style” koʻrinishiga xos kiyim tanlashda nimaga eʼtibor qaratish lozimligi haqida bir necha namunalar toʻplamini taqdim etadi.

Yorqin ranglar

Bir necha mavsumlar mobaynida sokin ranglar turlari hukmron boʻldi. Endi esa yorqin ranglar gʻalaba bilan qaytmoqda. Parij moda haftaligida modellar neon-yashil hamda yorqin sariq ranglarda koʻrinish berdi. Ravshan ranglarga burkanish yo boʻlmasa, ular orqali koʻrinishingizga biroz urgʻu berishni tanlashingizdan qatʼi nazar, ushbu trend albatta, eʼtiborni tortmay qolmaydi.

Foto: SPOTLIGHT

Shotlandcha print

Tartan – har doim aktual boʻlib qoladigan, klassik britancha naqsh. Ushbu mavsumda uni har qanday koʻrinishda qoʻllab koʻrishdi: rubashka va yubkalardan tortib, palto hamda shimlargacha. Shotlandcha print toʻxtami garderobni jonlantirish va unga oʻzgacha joziba berish uchun ajoyib usul.

Foto: SPOTLIGHT

Denim

Jinsi kiyim - bu moda olamida boshdan oyoq butunlay oʻz ildizini otgan, qaytalanuvchi trend. Koʻk jinsi mato klassik shimlardan tortib, tugmali koʻylaklargacha erkin va qiziqarli koʻrinish yaratishga imkon beradi.

Foto: SPOTLIGHT

“Street style” tasavvurni uygʻotib va ilhomlantirib, moda nafaqat kiyim, balki turli xil madaniy hamda uslubiy yoʻnalishlarni birlashtirgan holda, oʻzini ifoda etish sanʼati ekanligini taʼkidlaydi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles