Sublimation X TO’Y

An’analar va zamonaviylik

Foto: Kalibayev Raxim

Toshkentning musiqa hamjamiyati o‘sib, yangi formatlarni sinab ko‘rmoqda. Sublimation.lab ijodiy jamoasi o‘zini allaqachon yaxshi tanitdi: 2023-yilda ular O‘zbekistonda Boiler Room o‘tkazilishiga ko‘maklashdi. Bu Londondan kelgan, butun dunyo bo‘ylab andеrgraund kechalari onlayn translyatsiyalarini olib boruvchi xalqaro musiqa platformasidir.

2024-yilda jamoa Aviasozlar madaniyat saroyida musiqa festivalini tashkil etdi. Tadbir doirasida musiqa va modernistik me’morchilik haqida konferensiyalar, mahorat darslari, seminarlar, musiqa va teatr chiqishlari, shuningdek, Aziza Qodiriy rahbarligidagi san’at instalyatsiyalari o‘tkazildi.

Mustaqil ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash yosh iste’dodlar va taniqli musiqachilarni birlashtirgan festivalning asosiy jihati hisoblanadi. Ishtirokchilar orasida Adana Twins, Bjarki, ZenGxrl, Ivan Dorn, Konsta, Setora, Hayriniso va Milliy simfonik orkestr bor edi.

Bu yil Sublimation.lab o‘z an’analariga sodiq qolib, yana hayratlanarli format taqdim etdi va haqiqiy To‘y uyushtirdi: an’anaviy to‘yxonada mehmonlar karnay va surnay sadolari ostida kutib olindi. Dastur shunday tuzilgan ediki, boshida an’anaviy cholg‘ular ijrosidan asta-sekin hammaga tanish bo‘lgan elektron musiqa formatiga o‘tildi. Gullar, stollardagi shamlar va yoritish to‘y muhitini eslatib turdi. Mehmonlar aksessuarlar va milliy naqshlar bilan kayfiyatni ko‘tarishdi. DJ to‘plamlariga qo‘shilgan jonli vokal chiqishlar an’ana va zamonaviylikning muqaddas aloqasini ta’kidlab, o‘zgacha muhit yaratdi.

Dasturda Doppi Twins X Hayriniso, ianiiiron X Alenzo, Xyarim X Josef Tumari, Sabinē X Sabina Mustaeva, Loud 373 to‘plamlari bo‘lib, har bir lahza madaniy merosga e’tibor bilan yo‘g‘rilgandi.

Kechaning maxfiy mehmoni o‘zbek sahna san’atining ramzi – Rayhon bo‘ldi. Uning kutilmaganda paydo bo‘lishi va chiqishi oqshomning cho‘qqisiga aylandi.

Sublimation.lab loyihasi o‘zini san’atkorlar, prodyuserlar, tadqiqotchilar va tinglovchilarni birlashtirgan O‘zbekistonda musiqa va madaniyatni rivojlantirish tizimi sifatida namoyon etadi. Platforma an’ana va zamonaviylik o‘rtasidagi muloqot uchun maydon yaratadi, o‘zini ifoda etishning yangi shakllarini qo‘llab-quvvatlaydi hamda mahalliy iste’dodlarning o‘sishi, tajriba ortirishi va xalqaro sahnaga chiqishiga yordam beradi.

Foto: Kalibayev Raxim

Maqolani baham ko'ring

Related articles