Swarovski 130 yilligini nishonlamoqda

Ko‘rgazma, to‘plam va kollaboratsiya

02 Sen 2025
Foto: swarovski.com

Swarovski “Masters of Light” ko‘rgazmasi, “Vienna” mini to‘plami va qator dizaynerlik kollaboratsiyalarini o‘z ichiga oluvchi “130 Years of Joy” yubiley dasturini ishga tushirdi. 

“Vienna” to‘plamini yaratishda kreativ direktor Giovanna Engelbert brend ramzi — oqqushdan ilhomlangan bo‘lib, to‘plam oltin qutilarda taqdim etilgan zeb-ziynatlardan iborat. “Masters of Light” ko‘rgazmasi esa Shanxay, Milan va Seuldagi namoyishdan so‘ng Gollivudda ochilib, Swarovski‘ning kino, moda olami va sahnaga qo‘shgan hissasini yoritib bermoqda.

Shuningdek, brend 130 yilligi munosabati bilan “Expo 2025” doirasida Osakada flagman do‘konini ochdi hamda Parijda bayramona interaktiv kampaniya tayyorlamoqda.

Maqolani baham ko'ring

Related articles