Sydney Sweeney Jimmy Choo kampaniyasida
2025-yil uchun kuzgi aksessuarlar

Aktrisa Sydney Sweeney yana bir bor Jimmy Choo brendi yuziga aylanib, 2025-yil uchun kuzgi to‘plamning asosiy modellarini namoyish etdi. Kadrda u brend aksessuarlaridan ilhomlanib yaratilgan obrazlarda namoyon bo‘ldi. Bular: zebra printili Isa tuflisi, jimjimador poshnali Scarlett tuflisi, sun’iy qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan loklangan Tylor loferi hamda baxmalsimon charm va zebra variantidagi Bar Hobo sumkasi.
Kampaniya transformatsiya g‘oyasi asosiga qurilgan: videodagi har bir aksessuar yangi xarakter va o‘zgacha kayfiyat beradi. Kreativ direktor Sandra Choi ta’kidlaganidek, kampaniya poyabzal va sumkaning qiyofani o‘zgartirish va hissiyotlarni yetkazish borasidagi qudratini ko‘rsatib beradi, zero: «Glamour — bu hissiyot degani».