Teylor Sviftning mum qiyofalari

Madam Tyusso muzeyidagi qo‘shiqchining o‘n uchta haykali

Foto: Instagram / taylorswift

Butun dunyo bo‘ylab Madam Tyusso muzeylari Teylor Sviftning The Eras Tour konsert dasturidagi 13 ta mum haykalini namoyish etmoqda. Ko‘rgazmalar London, Berlin, Amsterdam, Sidney, Nyu-York va boshqa shaharlarda tashkil etiladi. Dastlabki haykallar 25-iyuldan boshlab Britaniya muzeylariga keltiriladi. Ushbu loyiha ustida 40 nafar san’atkordan iborat jamoa 14 oy davomida ishlashdi. Haykallar uchun kiyimlar konsert dasturini bezashda ishtirok etgan Roberto Cavalli, Vivienne Westwood, Versace va boshqa mashhur brendlar tomonidan tayyorlangan.

Maqolani baham ko'ring

Related articles