Tilda Swinton Gentle Monster BOLD kampaniyasida

BOLD 2025 to‘plami taqdimoti

21 Avg 2025
Foto: Instagram / Gentlemonster

Britaniyalik aktrisa Tilda Swinton Janubiy Koreyaning Gentle Monster brendi uchun yaratilgan BOLD 2025 to‘plami kampaniyasining yuziga aylandi. Fotosessiya Seuldagi HAUS NOWHERE nomli kontseptual makonda o‘tkazildi. Bu yerda haqiqat va virtual olam g‘aroyib performansda uyg‘unlashgan. BOLD to‘plami haykaltaroshlik namunasi kabi dadil shakllari va ko‘zoynak gardishidagi brendga xos ko‘prikcha bilan ajralib turadi.

Kampaniyada Swinton futuristik harakat yetakchisi qiyofasida sahnaga chiqadi — u beton sahnada ritmi o‘zgarib turuvchi texno saundtrek ostida raqsga tushadi. Rolik so‘nggida esa — HAUS NOWHERE binosining fasadidan yurak hovuchlatib pastga sakraydi. 

To‘plam 2025-yilning 6-sentabr kuni butun dunyo bo‘ylab sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Maqolani baham ko'ring

Related articles