Davraga chiqish vaqti keldi: yozgi oqshom liboslari
E’tibor qaratishga arzirli siluetlar

Har bir qiz biladiki, garderobda nafaqat kichkina qora ko‘ylak, balki nafis oqshom libosi ham bo‘lishi kerak. Kutilmaganda bayramlar va tantanalar chiqib qolishi mumkin va ko‘pincha tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt yetarli bo‘lmaydi. Har doim sizda bitta maftunkor obraz tayyor turishi kerak. Bu mavsumda qanday tanlov qilish kerakligini esa biz sizga quyida aytib beramiz.
Ipak bilan davra to‘ri sizniki
Yozgi oqshom libosi uchun ideal tanlov, chunki u har doim yuqori darajada va nafis ko‘rinadi. Yumshoq ipakning yaltiroqligi va silliqligi hatto eng oddiy ko‘ylakni ham o‘zgartira oladi.
Chuqur tabiiy ranglardagi maksi uzunligining modellariga e’tibor bering. Tadbir mehmonlarini hayratda qoldirish uchun ko‘ylaklardagi qo‘shimcha elementlar, masalan, ipakli bantlar yoki assimetrik lif (lif – ko‘ylakning ko‘krak va orqa qismini belgacha yopib turuvchi ustki qismi)larga e’tibor bering.

Foto: SPOTLIGHT / Valentino
Oq – nafosat rangi
Oddiy ranglardan zerikishga javoban dizaynerlar yangi trend – oq rangni taklif qilishdi. U nafaqat kechki liboslarga ko‘proq qat’iyat bag‘ishlaydi, balki terining rangini yaxshilagan holda obrazga yengillik qo‘shadi. Oq rang odatiy qora liboslarga muqobil bo‘lib, yengillik va nafosatni qo‘shadi. Ortiqcha bezakka berilmang va ipak, atlas, shifon va organza kabi matolarni tanlang.

Foto: SPOTLIGHT / Fendi
Drapirovka – yanada ko‘rkam qomat
Drapirovkalar yetakchi o‘rinlarni mustahkam ushlab turishda davom etmoqda. Gazlamaning murakkab burmalari qomatni to‘g‘rilashga yordam beradi va nafislik baxsh etadi.

Foto: SPOTLIGHT / Zuhair Murad

Foto: SPOTLIGHT / Dior
Ko‘ylak-byust
Ularning yopishib turuvchi korsetli liflari, dekoltelari va tasmasining yo‘qligi bo‘yin va yelka sohasiga alohida urg‘u berib, nafis siluetni yaratadi.
Bunday libos, ayniqsa, nafis ko‘rinishi uchun uning minimalist dizaynga ega, sidirg‘a rangli va etagi uzun bo‘lgan turini tanlang. Ortiqcha detallar va baland qirqimlar diqqatni chalg‘itishi va obrazga qo‘shimcha jozibadorlik qo‘shmasligi mumkin.

Foto: SPOTLIGHT / Elie Saab
Patlar bilan ideallik yarating
Patlar har qanday ko‘ylakni bir zumda oqshom libosiga aylantiradi. Ushbu element bilan boyitilgan ko‘ylaklar yorqin yozgi kechalar uchun ayni muddao. Ulardan o‘rinli foydalanish taklif etilgan kechalar uchun ideal timsolni gavdalantiradi.

Foto: SPOTLIGHT / Valentino
Nozik tuyg‘ular aksi
To‘r (krujevo) yana bir necha mavsum davomida aktualligicha qoladi. Brendlar nozik tasmali, uzun yengli, assimetrik, baland kesimli, shuningdek, mini va maksi uzunlikdagi modellarda samarali mujassamlangan nozik tuyg‘uga ega tendensiyaga e’tibor qaratishni taklif qiladilar.

Foto: SPOTLIGHT / Dior
Dadil qizlar tanlovi
Eng jasurlar uchun yoz mavsumi Merilin Monro tomonidan ommalashtirilgan "yalang‘och" ko‘ylaklar trendini tayyorladi. To‘r yoki teri rangiga o‘xshatilgan yarim shaffof qo‘shimchalardan qay birini tanlashingizdan qat’i nazar, siz obrazingiz bilan davra ichida yaqqol ajralib turasiz.

Foto: SPOTLIGHT / Fendi
Ayol nazokatining yangi ifodasi
Yoz yangi tajribalar vaqti – bel, son va yelka sohasidagi qirqimlar dizaynerlar 2024-yil yoz mavsumida ta’kidlaganidek, ayollik va ta’sirchanlikning yangi ifodasi bo‘ladi.

Foto: SPOTLIGHT / Zuhair Murad