To‘y odobi qoidalari: nimani bilish muhim?

Qanday qilib xatolarga yo‘l qo‘ymaslik va o‘zaro uyg‘un muhitni yaratish xususida

08 Yan 2025
foto: pexels

To‘y tashvishsiz o‘tishi va haqiqatan ham esda qolarli bo‘lishi uchun an’analar, nozik jihatlar va orzu-havas bilan to‘ldirilgan muayyan qoidalarni hisobga olish muhimdir. Aynan odob-axloq me’yorlari har bir mehmon o‘zini qulay his qiladigan, kelin-kuyov esa o‘zlarining unutilmas oqshomlaridan to‘liq bahramand bo‘ladigan o‘sha muayyan muhitni yaratadi. Noqulay vaziyatlardan qochish va bayramni unutilmas qilish uchun nimalarni yodda tutish kerak? Keling, birgalikda ko‘rib chiqaylik.

Yosh kelin-kuyov qonun-qoidalari

Taklifnoma. Taklifnomalarni tadbirdan 6-8 hafta oldin yuborilganiga ishonch hosil qiling. Bu eng maqbul muddat hisoblanadi. Taklifnomada sana, vaqt, joy va dress-kod kabi barcha zarur ma’lumotlarni ko‘rsating.

foto: pexels

Mehmonlarga e’tibor. Ushbu kunni siz bilan baham ko‘rishga kelgan har bir kishiga minnatdorchilik bildirish uchun vaqt toping. Qisqa suhbat yoki samimiy minnatdorchilik – hamma qadrlaydigan imo-ishora.

Tayming. Rejalashtirilgan vaqtga rioya qilishga harakat qiling. Marosim yoki ziyofatning kechikishi mehmonlarga noqulaylik tug‘dirishi mumkin.

fotо: pexels

Mehmonlar uchun qonun-qoidalar

Taklifnomaga javob qaytarish: RSVP — bu shunchaki rasmiyatchilik emas. Yosh oila vakillari mehmonlar soni haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari uchun ularga iloj borisha ertaroq aniq javobingizni ayting.

fotо: pexels

Sovg‘alar. Taklifnomada kelin-kuyov istagidagi sovg‘alar ro‘yxati berilgan bo‘lsa, unga rioya qiling. Bunday ro‘yxat bo‘lmasa, hammabop va foydali bir narsa tanlang. Sovg‘ani chiroyli o‘rashni unutmang.

Dress-kod. Ko‘rsatilgan kiyim uslubiga rioya eting. Agar kiyinish tartibi belgilanmagan bo‘lsa, klassik uslubni tanlang va oq rangdan saqlaning — bu faqat kelin uchun mo‘ljallangan.

Punktuallik. O‘z vaqtida keling. Marosim yoki ziyofatga kechikish hurmatsizlikdir.

fotо: pexels

Xulq-atvor. Ortiqcha spirtli ichimlik iste’mol qilishdan saqlaning va e’tibor markaziga tushmang - bu kun yosh kelin-kuyovga tegishli.

Odob-axloq qat’iy qoidalar emas, balki kelin-kuyov va boshqa mehmanlarga hurmat ko‘rsatish usulidir. Ushbu oddiy maslahatlarni bajarib, siz nafaqat tushunmovchiliklarning oldini olasiz, balki mukammal to‘y oqshomini yaratishga o‘z hissangizni qo‘shasiz.

Maqolani baham ko'ring

Related articles