Tony Awards
Teatr mukofoti marosimi qanday o‘tdi

Nyu-Yorkda 78- Tony Awards teatr mukofoti taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Sara Snuk “Dorian Greyning portreti” spektaklida barcha 26 ta rolni yakka o‘zi ijro etib, eng yaxshi aktrisa uchun mukofotni qo‘lga kiritdi. “Oh, Meri!” asarida o‘ynagan Koul Eskola eng yaxshi erkak roli uchun mukofotni qo‘lga kiritdi. “Maqsad” spektakli eng yaxshi sahna asari deb topildi, “Balki baxtli tugar” esa eng yaxshi myuzikl unvoniga sazovor bo‘ldi.
Marosimning qizil gilamida Sintiya Erivo Schiaparelli, Sara Snuk Richard Quinn, Seydi Sink Prada, Sara Polson Schiaparelli, Liya Mishel Michael Kors, Zoe Doych Elie Saab liboslarida tashrif buyurishdi. Shuningdek, Anna Vintur qizi Bi Karrozzini bilan, Jorj Kluni rafiqasi Amal bilan, Aleks Vinter va Kianu Rivz ham ishtirok etishdi.