Toshkentda elektron musiqaning rivojlanishi:
andergraunddan madaniy fenomenga

Bugungi kunda Toshkentdagi elektron musiqa shunchaki musiqiy janr emas, balki ijodkorlar, rassomlar, dijeylar, prodyuserlar va shahar ritmini his qiladigan barcha insonlarni birlashtirgan butun bir madaniy sahnaga aylandi. So‘nggi yillarda u yopiq andergraund kechalaridan jahon sahnasi e’tiborini jalb qiluvchi yirik festivallargacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.

foto: Matt Palmer
Yangi jaranglash davri: klublar, festivallar, hamjamiyatlar
2010-yillarning o‘rtalaridan boshlab Toshkent elektron musiqa uchun tortuvchi kuchga aylandi. Mahalliy san’atkorlar texno va xausni o‘zbek motivlari bilan uyg‘unlashtirib, tajribalar o‘tkazmoqda, Mo‘ynoqdagi “Stixiya” kabi festivallar esa nafaqat musiqachilarga sahna taqdim etmoqda, balki global madaniy harakatning bir qismiga aylanmoqda.
Bugun poytaxt maydonlarida jahon elektron sahnasining yulduzlari chiqish qilmoqda. Bu muvaffaqiyat ortida esa san’atkorlar va tinglovchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratayotgan mahalliy promouterlar va ishqibozlar turibdi.
Ehtirosdan tug‘ilgan sahna
Elektron sahna rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlaridan biri mahalliy san’atkorlar va ijodiy uyushmalar bo‘ldi. Ular nafaqat musiqa yaratadi, balki tajribalar va ijodiy yondashuvni qo‘llab-quvvatlaydigan madaniy hamjamiyatni shakllantiradi.
Raqs jamoalari an’anaviy o‘zbek ohanglarini zamonaviy elektron ritmlar bilan uyg‘unlashtirib, mahalliy va xorijlik tinglovchilarga manzur bo‘ladigan o‘ziga xos uslubni yaratishga erishmoqda. Bu san’atkorlar o‘zbek madaniyatini xalqaro maydonda targ‘ib qilishda muhim rol o‘ynamoqda.
Qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati va rivojlanish istiqbollari
Jadal rivojlanishga qaramay, Toshkentdagi elektron musiqa hali ham qo‘llab-quvvatlash va e’tirofga muhtoj. Mahalliy iste’dodlarning o‘sishi uchun sharoit yaratish, yangi ijro maydonchalarini ochish va yosh musiqachilar o‘z mahoratini oshirishi uchun ta’lim dasturlarini tashkil etish muhimdir.
Davlat va xususiy investorlarning qo‘llab-quvvatlashi sanoatni rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Musiqa maktablarini ochish, festivallarga homiylik qilish, ovoz yozish studiyalarini tashkil etish va xalqaro san’atkorlar bilan hamkorlik qilish o‘zbek elektron sahnasini yangi bosqichga olib chiqishga yordam beradi.
2024-yilda mahalliy musiqa sahnasi rivojida muhim rol o‘ynagan va mahalliy hamda xalqaro auditoriya e’tiborini tortgan bir nechta muhim loyihalar amalga oshirildi. Click kompaniyasi bo‘lajak tendensiyani o‘z vaqtida ilg‘ab Toshkentda o‘sib borayotgan elektron musiqa sanoatini faol qo‘llab-quvvatlamoqda.
Sublimation 2024 – yangi ovoz uchun platforma
Sublimation 2024 O‘zbekistondagi eng yirik elektron musiqa festivallaridan biriga aylanib, mahalliy va xalqaro san’atkorlar uchun platforma yaratdi. Tadbir progressiv-xaus, texno, trans va dauntempo kabi musiqiy janrlarning xilma-xilligini namoyish etdi. Ushbu tadbir innovatsion texnologiyalarning musiqa va san’atga ta’sirini namoyish etdi, shuningdek, ijodiy tajribalar va o‘zini ifoda etish uchun maydon yaratdi.

Foto Click matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan

foto: Melikov Amir
End of the Summer – yosh iste’dodlar uchun start
Yangi o‘quv yili arafasida oliy o‘quv yurtlari talabalarini birlashtirgan “End of the Summer” festivali dasturi ham zamonaviy musiqa asosiga qurildi. Xedlaynerlar COC, shuningdek, DJ Sam, Safronov va Trace bo‘ldi. Click yozgi mavsumning yorqin yakuni bo‘lgan tadbirni qo‘llab-quvvatladi.

Foto Click matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan
Close Friends – mahalliy sahnani birlashtirish
Close Friends ijodiy uyushmasi yil davomida jahon musiqa tendensiyalarini integratsiyalash orqali mahalliy elektron sahnani rivojlantirishga faol hissa qo‘shdi. Ushbu loyihaning bir yilligi yorqin voqeaga aylandi va Click’ning qo‘llab-quvvatlashi bunday tashabbuslarning muhimligiga e’tiborni jalb qilishga yordam berdi. Bunday loyihalar, shubhasiz, O‘zbekistonni jahon musiqa xaritasida ko‘zga ko‘rinarli qilmoqda.
Kelajak rejalari: iste’dodlarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash
“Musiqa - birlashtiruvchi til. Biz uchun bu jarayonning bir qismi bo‘lish va iste’dodlarga o‘z auditoriyasini topishga yordam berish muhimdir. Biz ko‘p yillar davomida O‘zbekistonda fintexni faol rivojlantirib, foydalanuvchilarga ularning hayotini osonlashtirish va qulaylashtirish uchun eng zamonaviy texnologiyalarni taklif etib kelmoqdamiz. Biz mamlakatimizning zamonaviy qiyofasini shakllantiradigan hamda O‘zbekiston madaniyati va an’analarini dolzarb jahon kontekstiga uyg‘unlashtirish imkonini beradigan madaniy va ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz”, – deydi Click bosh direktori Ulug‘bek Rustamov.

foto: AJ
Toshkentdagi elektron musiqa shunchaki moda yoki vaqtinchalik qiziqish emas. Bu zamonaviy shahar madaniyatining aks etishi, o‘zini namoyon etishga intilish va ijodning yangi shakllarini izlashdir. Oldinda hali ko‘p ishlar bor, ammo hozirdanoq aytish mumkinki, Toshkentdagi elektron musiqa nafaqat jahon sahnasining bir qismi, balki e’tibor va e’tirofga loyiq noyob madaniy fenomendir.