Toshkentda gala-konsert o‘tkaziladi

EMAN 30 yilligi va “Ona” jamg‘armasining 4 yilligi munosabati bilan

30 Sen 2025
Foto: iticket.uz

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida 1-2-oktyabr kunlari “Muhabbat fasli” xayriya gala-konserti bo‘lib o‘tadi. Sahnada Kamoliddin O‘rinboyev rahbarligidagi O‘zbekiston davlat simfonik orkestri, shuningdek, Sevara Nazarxon, Jenisbek Piyozov, Sabina Mustayeva, Xayriniso Akbarova, Rishat Toktibakiyev, Hensley Poinen, Sayyora Musayeva, Anvar Jo‘rayev va boshqa san’atkorlar chiqish qiladi.

Konsertdan avval teatrda Yevropa, MDH, Turkiya va Xitoydan tashrif buyurgan 150 dan ortiq hamkorlar ishtirokida DD&I Silk Road Summit xalqaro anjumani o‘tkaziladi. Sammitning barcha mehmonlari konsert tomoshabinlariga aylanadi. EMAN o‘zining 30 yilligiga bag‘ishlab installyatsiyalar tayyorlagan konsertda jami 3000 dan ziyod tomoshabin jam bo‘lishi kutilmoqda. 

Chiptalardan tushgan mablag‘lar “Ona” jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Konsert soat 18:30 da boshlanadi, chiptalarni Iticket.uz saytidan xarid qilish mumkin.

Maqolani baham ko'ring

Related articles