Toshkentdagi “Women & Artificial Intelligence” forumi
Raqamli tenglik

CAEx Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmalar markazida 25-sentyabr kuni “Women & Artificial Intelligence” forumi bo‘lib o‘tadi. Unda asosiy e’tibor Markaziy Osiyoda sun’iy intellekt texnologiyalarini yaratish va joriy etishda ayollarning o‘rni masalasiga qaratiladi. Forumda bir vaqtning o‘zida ikkita mintaqaviy loyiha taqdim etiladi, bular: IT-Ayel va She Innovator Central Asia. Birinchi loyiha Qozog‘istonda ayollarning IT sohasidagi ishtirokini kengaytirish haqida bo‘lsa, ikkinchisi butun mintaqa bo‘ylab innovatsiyalarda ayollar yetakchiligiga bag‘ishlangan. Shuningdek, ayollar uchun raqamli ko‘nikmalar bo‘yicha panel muhokamasi, xalqaro tashkilotlardan video-premyera va taqdimotlar ham o‘tkaziladi.
Forumni IT Education Association, IT Ladies Uzbekistan va O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi tashkil etmoqda. Fransiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston elchixonalari, TechnoWomen KZ, AICA, IT Park Uzbekistan, Uzinfocom hamda Women in Tech hamkor sifatida ishtirok etdi. Media hamkor - Elle O‘zbekiston.