UGG‘dan kuzgi kampaniya

«Iconic From the First»

24 Avg 2025
Foto: Instagram / Ugg

UGG o‘zining “Iconic From the First” deya nomlangan kuzgi kampaniyasini taqdim etdi. Brend merosiga bag‘ishlangan loyihani suratga tushirishda Sarah Jessica Parker, Elsa Hosk, Jeremy Scott, Alton Mason va boshqa mashhurlar ishtirok etdi. 

Rejissyor Gia Coppola boshchiligidagi tasvirga olish ishlari Kaliforniya va Parijda amalga oshirildi. Videoda Elsa Hosk, Stefon Diggs va Liya Doular UGG tarixi haqida hikoya qiladi. Kampaniya qahramonlari brendning afsonaviy Ultra Mini, Tasman, Tazz va Lowmel modellarini namoyish etishgan.

Maqolani baham ko'ring

Related articles