Uitni Xyuston auksioni
Yosh san’atkorlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida

Julien’s auksion uyi Whitney E. Houston Legacy Foundation xayriya jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Uitni Xyustonning esdalik buyumlarini sotuvga qo‘ydi. Auksionda 24 ta lot, jumladan, Marc Bouwer, Dolce & Gabbana va Bob Mackie tomonidan tikilgan sahna liboslari, shuningdek, aksessuarlar va mukofotlar taqdim etildi. Eng qimmat lotlar qatoriga 1994-yilgi Jahon chempionati surati tushirilgan futbolka (22 400 dollar), “I’m Your Baby Tonight” konsert turidan Bouwer kostyumi (22 400 dollar), “Welcome Home Heroes” konsertidan velyur ansambli (16 000 dollar), Helen Yarmak mo‘ynasi (12 800 dollar), “Yulduzlar bilan raqs tushish” ko‘rsatuvidan sariq ko‘ylak (12 800 dollar) va Dolce & Gabbana tuflilari (3 200 dollar) kirdi. Yig‘ilgan barcha mablag‘ san’at va ta’limga qiziqqan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Beverli-Xillzda va onlayn tarzda o‘tkazilgan auksion 2012-yilda vafot etgan xonandaning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlandi. U 62 yoshga to‘lgan bo‘lardi.