Ultima Guide: Toshkentning gastronomik durdonalari

Yandex Uzbekistan yangi Ultima Guide qo‘llanmasi bilan Toshkentning gastronomik xaritasini taqdim etdi

Foto: arthurkennet, Anton Donikov

22-may kuni Hilton Tashkent City mehmonxonasida tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda Ultima Yandex Go jamoasining Toshkent bo‘yicha birinchi zamonaviy restoran qo‘llanmasi – Ultima Guide namoyish etildi. Kechada restoran sanoati, shou-biznes, poytaxt ziyolilari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Taklif etilganlar orasida Sanjar Maqsudov, Alisher Akramov, Xusnora Shadiyeva, Hilola Isoqova, Madina Shadiyeva, Irina Salixova va boshqalar bor edi.

Mehmonlar sun’iy intellekt, ekspertlar hay’ati va foydalanuvchilar ovozi yordamida tanlangan eng sara 20 ta restoran diqqat markazida bo‘lgan gastronomik bayram muhitidan zavq olishdi.

Ultima Guide poytaxt restoran madaniyatini rivojlantirishda yangi va muhim bosqich bo‘ldi. Loyiha texnologiyalar va ta’mlarni, xolis algoritmlar va nozik oshpazlik tuyg‘usini uyg‘unlashtirdi. Sun’iy intellekt 3000 dan ortiq muassasani yuzdan ziyod mezon bo‘yicha – buyurtmalar sonidan tortib Yandex Maps’dagi sharhlar sonigacha tahlil qildi. So‘ngra tanlovga 39 nafar gastrosoha mutaxassislari va 4500 dan ortiq faol foydalanuvchilar jalb qilindi.

Ro‘yxatga kiritilgan har bir muassasa shahar mehmonlari uchun sifat ramzi va mahalliy “gastronomiya durdonalari”ning taniqli belgisiga aylanadigan maxsus mukofot – jezdan yasalgan marvarid sharni qo‘lga kiritdi.

Ultima Guide’ga mehmonlarga o‘zining noyob g‘oyalari, yuqori sifatli taomlar va muhiti bilan yoqqan muassasalar kiritildi. Top-20 gastrosoha yulduzlari: OBI Hayot va The Choyxona kabi milliy uslubdagi restoranlardan tortib, Yevropa va O‘rta yer dengizi oshxonasiga ixtisoslashgan Basilic, La Mer, Punto, Quadro restoranlarigacha. Bu yerda manzarali maydonchalar – Gravity va Restaurant 12 hamda Zira Cafe kabi shinam qahvaxonalar ham bor.

Marosim doirasida qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha maxsus mukofotlar topshirildi. “Foydalanuvchilar tanlovi” va “A’lo darajadagi xizmat” yo‘nalishlarida Steak House “Мясной” g‘olib deb topildi. “Ekspertlar tanlovi” mukofotiga “Сыроварня” restorani sazovor bo‘ldi, eng zamonaviy interyer unvonini esa Lali restorani qo‘lga kiritdi.

Taklif etilgan mehmonlarga marosim bosh oshpazi David Emmerlening nozik fyujn-menyusi taqdim etildi. Yangi, kutilmagan uyg‘unlikda tayyorlangan sersuv o‘zbek pomidorlari va limonlari asosidagi menyu o‘zbek, fransuz va O‘rta yer dengizi oshxonasi unsurlarini o‘zida mujassam etdi.

Ultima Guide loyihaning veb-saytida, shuningdek, Yandex Go ilovasida (Oziq-ovqat bo‘limi) o‘zbek va rus tillarida mavjud. Ro‘yxatga kiritilgan muassasalarni endi “Ultima Guide” so‘rovi bilan Yandex Maps’da ham topish mumkin. Bundan tashqari, ular maxsus belgi bilan ajratib ko‘rsatilgan.

Ultima Guide 2024-yil sentyabr oyida Toshkentda ishga tushirilgan Ultima Yandex Go premium xizmatlarini to‘ldirdi. Ultima vakillik toifasidagi avtomobillarda sayohatlarni va poytaxtdagi nufuzli restoranlardan taomlarni yetkazib berishni taklif etadi. Shu bilan birga, qo‘llanmaga nafaqat Yandex Go hamkor restoranlari, balki shahar gastronomiyasining boshqa mashhur vakillarining muassasalari ham kiritilgan.

Foto: arthurkennet, Anton Donikov

Maqolani baham ko'ring

Related articles