Valentino 2025-yil kuz-qish mavsumi namoyishini o‘tkazdi
Jamoat joyida shaxsiy chegarani saqlash

Alessandro Mikele tomoshabinlarni go‘yo Gucci’dagi ish davriga qaytargandek bo‘ldi. Valentino’ning 2025-yil kuz-qish mavsum kolleksiyasi namoyishi kutilmaganda gender-neytral jamoat hojatxonasi sifatida talqin etilgan ko‘rgazma makonida o‘tkazildi. Bunday tanlov dizaynerning qoliplarga qarshi chiqish va glamur haqidagi an’anaviy tasavvurlarni qayta ko‘rib chiqishga bo‘lgan intilishini namoyon etadi.
Valentino uchun ikkinchi tayyor kiyimlar to‘plamida Mikele yaqinlikning ijro etuvchi tabiatini o‘rganib, jamoat joyida turib shaxsiy chegarani qanday saqlash mumkinligi haqida mulohaza yuritadi.

foto: INSTAGRAM/Valentino
To‘plam zamonaviy maksimalizm va dolzarblik o‘rtasida muvozanat saqlaydi. Dizayner Valentino arxivlariga murojaat qilib, to‘rlar, bantlar, sun’iy mo‘yna, tvid jaketlari, o‘ziga xos qizil va oq ranglar, shuningdek, ipak jorjetdan tikilgan yengil uzun ko‘ylaklardan ilhom olgan. U bu elementlarni zamonaviy moda nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqib, tarixiy merosni hozirgi tendensiyalar bilan uyg‘unlashtiradigan obrazlarni yaratdi.

foto: INSTAGRAM/Valentino

foto: INSTAGRAM/Valentino

foto: INSTAGRAM/Valentino

foto: INSTAGRAM/Valentino

foto: INSTAGRAM/Valentino

foto: INSTAGRAM/Valentino