Valentino’ga yangi ambassador tayinlandi

U tailandlik aktirsa Frin Sarocha

Fotо: Instagram / maisonvalentino

Valentino modalar uyi Frin Sarocha bilan hamkorlik qilishini e’lon qildi. Shuningdek, Frin brendni taqdim etayotgan birinchi tailandlik ayol hisoblanadi.

“Kreativ direktor Alessandro Mikele rahbarligida san’at va meros yangi zamonaviy davrga qadam qo‘yayotgan Maison Valentino tarixining yangi sahifasini yozishda ishtirok etish men uchun eng katta sharaf”, – deya fikr bildirdi aktirsa.

Sarocha 2022-yildagi Tailand romantik teleseriali – “GAP: The Series”da o‘ynagan roli tufayli butun dunyoga tanildi va shuhrat qozondi. 2024-yil sentyabr oyida u Valentino Pavillon des Folies uchun Alessandro Mikelening debyut ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi, shundan so‘ng aktirsa va moda uyi o‘rtasidagi hamkorlik haqidagi dastlabki mish-mishlar paydo bo‘lgan edi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles