Valentino Garavani va Jankarlo Jammetti jamg‘armasi
Ilk ko‘rgazma

Valentino Garavani va Jankarlo Jammetti jamg‘armasi o‘zining yangi joylashuvida ilk ko‘rgazmasini ochmoqda. Tadbir Rimda, 1575-yilda barpo etilgan Uyg‘onish davri ohirlariga tegishli saroyda o‘tkaziladi.
Jamg‘armaning birinchi ko‘rgazmasi may oyida bo‘lib, postmodernizmga bag‘ishlanadi. E’lon qilinishicha, butun dunyo rassomlarining asarlarini birlashtirish maqsadida Bekondan Baskiyagacha bo‘lgan ijodkorlarning ishlari namoyish etiladi.