Valentino kuzgi kampaniyasi

Le Méta Théâtre Des Intimités sahna bezaklari fonida

03 Sen 2025
Foto: Instagram / Maisonvalentino

Valentino kreativ direktori Alessandro Michele 2025-yil uchun brendning kuzgi kampaniyasini taqdim etdi. Glen Luchford tomonidan suratga olingan kampaniya mart oyida Parijda bo‘lib o‘tgan Le Méta Théâtre Des Intimités namoyishi mavzusini davom ettiradi. 

Kampaniya namoyish sahnasiga o‘xshab yaratilgan, qizil va qora keramik qoplamalar bilan bezatilgan hammom interyerida suratga olingan. Unda Clairo, Kembra Pfahler, Aimée Byrne, Isabella Pascucci, Shane Stevens, Hana Yanata, Sanik Dill, Weiyi Fang, Bukvop Kir, Paul Scully va Giuseppe Cirillo ishtirok etgan.

To‘plam va kampaniyaning vizual uslubi modaga tafakkur ila, shoshmasdan nazar tashlash va hadeb yangilikka intilishdan voz kechish g‘oyasiga urg‘u beradi. Michele moda haqida shunday deydi: bu — o‘zingni dunyoga ko‘rsatish va tashqi ko‘rinish orqali ichki olamni ochib berishdir.

Maqolani baham ko'ring

Related articles