Valentino namoyishlar jadvalini e’lon qildi
Shou 29-sentyabr kuni Parij moda haftaligi doirasida bo‘lib o‘tadi
Valentino modalar uyi yangi ijodiy direktor Alessandro Michele boshchiligidagi debyut namoyishi jadvalini e’lon qildi. Shou 29-sentyabr kuni Parij moda haftaligi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Dizayner ilk Haute Couture to‘plamini yanvar oyida taqdim etadi. Yangi taqvimga ko‘ra, Valentino yiliga ikkita ready-to-wear to‘plamini namoyish etishi belgilangan.
Avvalroq Alessandro Michele birinchi kruiz to‘plamini taqdim qilgan edi.