Valentino rahbari iste’foga chiqdi
Shaxsiy sabablarga ko‘ra tanaffus oldi

Yakopo Venturini o‘zaro kelishuvga asosan Valentino modalar uyi bosh direktori lavozimini tark etdi. Bu qaror shaxsiy sabablarga ko‘ra qabul qilindi va hozircha uning o‘rnini kim egallashi sir tutilmoqda. Venturini 2020-yildan buyon brendni italyan yuqori moda uyi sifatida qayta talqin qilishda katta rol o‘ynadi: mo‘ynadan voz kechish, Red Valentino‘ni yopish, Re-Signify madaniy loyihasini yo‘lga qo‘yish, shuningdek Xitoy bozoriga faol kirib borish - bularning barchasi uning tashabbuslari edi. Shu bilan birga, kreativ direktor Alessandro Michele o‘z lavozimida qolmoqda. Uning Avant les Débuts deb nomlangan ilk to‘plami kruiz liniyasi doirasida taqdim etilgan, ammo to‘laqonli namoyish 5-oktyabr kuni Parijda o‘tkaziladi. Yangi to‘plam Valentino arxiv motivlarini Michele‘ning o‘ziga xos estetikasi – marvaridlar, burma hoshiyalar, tvid va vintaj shakllar bilan uyg‘unlashtiradi.