Alessandro Michele Valentino uchun ilk kolleksiyasini namoyish etdi
171 kruiz liniyasi ko'rinishlari
Valentino uyining yangi kreativ direktori Alessandro Michele “Resort 2025” kolleksiyasining ilk namoyishini o’tkazdi. Uning birinchi ishi sentabr oyida kutilayotgan edi, biroq tayinlanganidan keyin bir necha oy ichida u 171 koʻrinishdan iborat kolleksiyani yigʻishga muvaffaq boʻldi.
Michele Valentino Garavanining 1968 yilgi Collezione Bianca kolleksiyasini mo’ljalga olgan holda, arxiv Uylarini o’rgandi. Cho‘ntaklarida V logotipi tushirilgan oq paltolar, to‘rli (krujevali) kolgotkalar va past poshnali tuflilar o‘sha davrlarni eslatardi. Alessandro o’ziga xiyonat qilmadi: kolleksiyaga bir qarashdayoq uning uslubini ko’rish mumkin.
Kurort kolleksiyasi katalogidan aksessuarlar, poyabzal va sumkalarni aks ettirilgan 98 ta batafsil fotosuratlar o’rin egallagan. To’rli (krujevali) va angorka paltolar, tvidli mini-yubkalar, lyureks shimlar, golfilar, trikotaj qo’lqoplar, bosh bog’ichlari, bo’yin va quloqlarga marvaridli taqinchoq va sirg’alar, soch bantlari, to’piq uchun bog’ichlar, gulli naqshli mulalar va shippaklar… Valentino hozir aynan shu ko’rinishda.
Foto: Spotlight