Vera Vong liboslar liniyasini ishga tushirmoqda

Premium segment kuzda sotuvga chiqariladi

Foto: instagram / verawang

Vera Vong Buyuk Britaniya va Yevropa uchun yangi premium liboslar liniyasini yo‘lga qo‘ymoqda. Brend egasi WHP Global kolleksiyani ishlab chiqish, tayyorlash va tarqatish bilan shug‘ullanadigan Britaniyaning Batra Group kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Ayollar uchun kolleksiya ilk bor shu kuzda chiqadi, keyinroq erkaklar liniyasi ham paydo bo‘ladi. Vera Vongning aytishicha, ushbu kolleksiya uning uslubini aks ettiradi – ko‘p qatlamlilik, nozik yengillik va turli yosh hamda madaniyatlar uchun moslashuvchanlik.

Maqolani baham ko'ring

Related articles