Victoria’s Secret qaytmoqda
Shou shu yil namoyish etiladi

Victoria’s Secret shousi bu yil qaytishini tasdiqladi. Namoyish sanasi hali e’lon qilinmagan, ammo brend ijtimoiy tarmoqlarda tizer taqdim etdi va obunachilarga yangilanishlarni kuzatib borishni tavsiya qildi. Bu yil shou ilk bor yangi ijodiy direktor Adam Selman rahbarligida o‘tkaziladi. U Maykl Jekson, Ledi Gaga, Britni Spirs, Ru Pol, Mik Jagger va Meri Jey Blij uchun liboslar yaratganligi bilan tanilgan.