Victoria‘s Secret uy-ro‘zg‘or buyumlarini ishlab chiqarmoqda

To‘qqizta yangi kompozitsiya

25 Sen 2025
Foto: Instagram / victoriassecret

Victoria‘s Secret xushbo‘y hidli uy-ro‘zg‘or buyumlaridan iborat mahsulotlar turkumini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda, bular: sham, sprey, suyuq sovun, diffuzor va havo xushbo‘ylagich vositalar. To‘plam to‘qqizta kompozitsiyani o‘z ichiga oladi. Mahsulotlarning nomlari va qadoq dizayni ma’lum tasavvur va xotiralarni uyg‘otishga qaratilgan. Masalan, "That Paris Hotel" Parij mehmonxonasi muhitini yodga solsa, "Love Stoned" esa sevgidan sarmastlikni eslatadi. Bu brendning ilk bor “home” segmentiga kirishi bo‘lib, muvaffaqiyatli parfyum turkumining davomi sanaladi. Go‘zallik yo‘nalishi rahbarining ta’kidlashicha, bunday kengayish faqat xushbo‘y mahsulotlar doirasida bo‘ladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles