Vilnyus moda haftaligi
Moda sahnasida Yevropaning yangi ovozi

Yevropa o‘zining moda ufqlarini kengaytirmoqda. Yaqinda butun dunyo moda ixlosmandlari uchun Kopengagen ohanraboga aylanganidan xursand bo‘lgan bo‘lsak, bugun Litva poytaxtining yangi moda markaziga aylanayotganining guvohi bo‘lyapmiz.
29-avgustdan 6-sentyabrgacha Vilnyusda an’anaviy namoyishlar ketma-ketligidan iborat moda haftaligini emas, madaniy festivalni eslatuvchi fashion-muhit hukm surdi. Dastur o‘ziga xos san’at marshrutini eslatardi: shahar ratushasida yosh iste’dodlar o‘z eko-brendlarini taqdim etgan Sustainable Fashion Day, Lukiškės Prison 2.0 va Italiya elchixonasida La Moda Italiana, Fransuz institutida Jour de Paris kechasi, Polshaning Hope in Haute hayriya tadbiri va Milliy drama teatrida asosiy tadbir - ELLE Iconic Night bo‘lib o‘tdi. Bu yerda Agne Kuzmickaite, Robert Kalinkin va Litvaning boshqa yetakchi dizaynerlari o‘z to‘plamlarini namoyish etdilar.
Shunday qilib, moda shabadasi butun shahar bo‘ylab esib o‘tdi: do‘konlar vitrinalari va ko‘chalar street style sahnalariga, butun poytaxt esa yagona podiumga aylandi.
Shunga qaramay, Vilnyus Moda haftaligining asosiy qadriyati — bu shov-shuvli nomlar emas, balki yangi boshlanish hissi bo‘ldi. Shahar o‘zining moda olamidagi tarixini endi yaratayotgan bo‘lsa-da, buni barqarorlik, kreativ va muloqot madaniyati orqali, nafaqat vizualni, balki muhim kontekstni ham birlashtirgan holda ishonch va samimiyat bilan amalga oshirmoqda.
Tadbirning PR xizmati tomonidan taqdim etilgan suratlar.