Visa Fashion Week Tashkent: ovozlar yangraydigan moda
Podium qahramonlari va parda ortidagilar

Visa Fashion Week Tashkent faqat namoyishlardan iborat emas, balki tomoshabinlar, ishtirokchilar va qayta anglaydiganlar haqida ham. Bugungi kunda moda podiumdan tashqariga chiqib, estetika, ma’nolar va shaxsiy hikoyalar tutashadigan maydonga aylanmoqda. Ko‘pincha chiroyli tashqi qiyofa ortida jonli ovozni – aks-sado, taassurot, ichki intilishni eshitgingiz keladi.

foto; Ilya Semendeev
Toshkentdagi moda haftaligi parda ortida: pardozchilar, uslubchilar, tashkilotchilar, texnik mutaxassislar uchun ham sahnaga aylanadi. Bu sanoatda juda ko‘p odamlar ishtirok etadi va ularning har biri umumiy g‘oyaga o‘z hissasini qo‘shadi. Visa Fashion Week Tashkent’ning bosh hamkori Visa aynan shunday ko‘p qirrali modani qo‘llab-quvvatlaydi. Raqamli to‘lovlar sohasida jahon yetakchisi bo‘lgan kompaniya ijodiy sohalarni faol rivojlantirmoqda va yangi ovozlar, madaniyatlar va g‘oyalarga o‘zini ifoda etish uchun imkoniyat yaratmoqda.
“Visa Fashion Week Tashkent – bu muloqot, tajriba almashish va butun mintaqadagi yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash maydoni. Moda – bu muhim narsalar haqida so‘zlash usuli va biz bu ovozlarni eshitishga yordam berishdan faxrlanamiz”, – dedi Visa Fashion Week Almaty & Tashkent bosh direktori va Visa tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Next Designer Award yosh dizaynerlar tanlovi asoschisi Bauirjan Shadibekov.

foto: Ilya Semendeev

Foto: Sergey Pogosyan
“Visa uchun moda haftaligida ishtirok etish – bu mintaqa iqtisodiyoti va o‘zini namoyon etishning muhim qismi bo‘lgan mahalliy hamjamiyatlar va moda sanoatini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatidir. Biz Markaziy Osiyoda moda qanday rivojlanayotganini ko‘rmoqdamiz va bu yo‘lning bir qismi bo‘lishga intilamiz”, – deydi Visa kompaniyasining Markaziy Osiyodagi vitse-prezidenti va mintaqaviy menejeri Sanjar Sulaymonov.
Biz Visa Fashion Week Tashkent mehmonlari va ishtirokchilari bilan go‘zallik, ilhom va sanoat kelajagi haqida suhbatlashdik.
Vazira Jonni ko‘pincha chet el namoyishlarida ko‘rish mumkin. U modani nafaqat model ko‘zi bilan, balki kuzatuvchi sifatida ham anglay oladi. Ayniqsa, uning uyda, Toshkentda bo‘layotgan voqealarga munosabatini eshitish qiziqarli.
“Men mahalliy, O‘zbekiston moda haftaligining bir qismi bo‘lishdan juda mamnunman, chunki u mening vatanimda va ona shahrimda o‘tmoqda. Mening bir nechta sevimli o‘zbek dizaynerlarim bor va men ularning yangi kolleksiyalarini doimo quvonch va qiziqish bilan kuzataman. O‘z mamlakatimning moda sanoatini qo‘llab-quvvatlab, uning rivojlanishiga hissa qo‘shayotganmdan faxrlanaman”.

FOTO VISA FASHION WEEK PR XIZMATI TOMONIDAN TAQDIM ETILGAN
Agar modellar namoyish kayfiyatini intuitiv tarzda ilg‘asa, dizayner uni ongli ravishda shakllantiradi. Moda haqidagi suhbatni davom ettirib, Azamat Somatovga murojaat qilamiz, u Visa Fashion Week Tashkent 2025’da taqdim etilgan kolleksiyasiga qanday ma’no yuklaganini bilib olamiz.

foto: Timur Epov
“Yangi kolleksiyamni yaratish uchun men erkaklar modasi tarixiga murojaat qildim – meni o‘tgan asrning 50-60-yillaridagi uslublar, ayniqsa, o‘sha davrdagi Italiya modasi estetikasi ilhomlantirdi. Bu yerda ixcham bichim, qulaylik va “sokin hashamat” uyg‘unlashgan.
Jahon tajribasidan foydalanib, men Prêt-à-Porter 2026 ruhida zamonaviy erkak uchun nafis bir narsa yaratishni xohladim. Buning uchun faqat tabiiy gazlamalar – zig‘ir, paxta, poplin va ipakni tanladim, ular bizning iqlim sharoitimizga juda mos keladi. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalar va yo‘nalishlarni joriy etish orqali kiyimlarni dolzarb qilishga intildim.
Butun kolleksiya g‘oyasi – zamonaviy erkakning o‘tmishi va kelajagi o‘rtasidagi o‘ziga xos ko‘prikdir”.

foto: Sergey Pogosyan
Podium – bu har doim uyg‘unlik. Siluet ortida g‘oya, harakat ortida taqdimot, pardoz va soch turmagi ortida vaqt va makon tuyg‘usi yotadi.
Bu mavsumda go‘zallik jamoasi vizual taqdimotni aniq, nozik va madaniy kontekstga hurmat bilan tuzdi.
Biz namoyishlarning go‘zallik kayfiyati uchun mas’ul bo‘lgan jamoadan ular mintaqamizning madaniy kodi bilan qanday ishlashini va ular uchun Markaziy Osiyoning mahalliy estetikasining global estetikadan farqi nimada ekanligini so‘radik.
“Bizning qonimizda iliqlik, hissiyot va qalbning bir qismi sifatida go‘zallikka hurmat bor. Hayotimning yarmini shunga bag‘ishladim. Men odamlardagi go‘zallikni sevaman va ko‘ra olaman. Markaziy Osiyolik ayol – bu har doim tarix bilan bog‘liq qarashdir. Men bu chuqurlikni jahon yo‘nalishlarining yengilligi bilan uyg‘unlashtirishga harakat qilaman: ba’zi joylarda toza chiziqlar qo‘shaman, ba’zilarida yorqinlik, boshqalarida esa ipak, yorug‘lik va milliy o‘ziga xoslik uchun joy qoldiraman”, – deydi pardozchi Dilya Abdullayeva.

FOTO VISA FASHION WEEK PR XIZMATI TOMONIDAN TAQDIM ETILGAN
Namoyishlar obrazlari ustida ishlagan soch uslubchisi Anatoliy Nam tafsilotlarga alohida e’tibor qaratib, yo‘nalishlar va mamlakatning madaniy kodi o‘rtasida mohirona muvozanatni saqlaydi.
Bugungi kunda o‘zbek xalqining qanday an’anaviy soch turmaklari va taqinchoqlari uni ilhomlantirayotgani, uning fikricha, podiumda nimalar ko‘proq aks etishi mumkinligi bilan qiziqdik.
“Soch turmagidagi o‘zbek an’analari juda ilhomlantiradi. Shaxsan menga, ayniqsa, do‘ppilar, matolar va metall bezaklar bilan bezatilgan uzun o‘rilgan sochlar yoqadi. Bu unsurlar nafaqat estetikani, balki chuqur ramziylikni ham o‘z ichiga oladi.
Menga soch turmagiga shunchaki bezaklarni emas, balki madaniy ma’nolarni – masalan, “zulfak” (an’anaviy soch bezaklari) yoki kashta tikilgan mato tasmalarini qo‘shish g‘oyasi yoqadi. Zamonaviy modada, menimcha, ko‘pincha ildizlar bilan aynan shunday bog‘liqlik yetishmaydi. Men an’anaviy o‘zbek soch turmagi unsurlarini – xoh naqshlar, shakllar yoki bezak elementlari bo‘lsin – ayniqsa etnofuturizm yoki milliy liboslarning zamonaviy talqinlari doirasida tez-tez ko‘rishni juda istardim. Bu obrazga o‘ziga xoslik baxsh etadi va modani shunchaki chiroyli emas, balki mazmun bilan to‘ldiradi”.

foto: Sergey Pogosyan
Moda haftaligi ishtirokchilari bildirgan har bir fikr bugungi kunda Markaziy Osiyodagi modaning jonli, mazmunli va teran manzarasini yaratishga xizmat qiladi.
Moda sanoati unda turli ovozlar – dizaynerlar, ijrochilar, tomoshabinlar ovozi yangraganida rivojlanadi. Visa singari hamkorlarning qo‘llab-quvvatlashi tufayli moda ochiq, dolzarb va ma’noga boy bo‘lib bormoqda.