Wedding Festival 2025 podiumida Je t’aime Premium
Ertaksimon sevgi hikoyasi uchun ko‘ylaklar

5-may kuni Toshkentda har yilgi Wedding Festival – kelajak va an’analarni uyg‘unlashtirgan tadbir o‘tkazildi. Go‘zallik, ilhom va benuqson uslub bayrami bo‘lmish bu anjuman bo‘lajak kelinlarni, soha mutaxassislarini va o‘ziga xos kunlarning go‘zalligi hamda muhitidan ilhom oluvchilarni bir joyga jamladi.
Festivalda Nazima Xaytmetovaning Je t’aime Premium yangi to‘plami alohida e’tiborni tortdi. Qirollik tasvirlaridan ilhomlangan ushbu to‘plam kelinlarga eng yashirin orzulari ro‘yobga chiqadigan kunda mutlaq hashamat va ishonch tuyg‘usini hadya etishga mo‘ljallangan.
To‘plamda klassik siluetlar, mayin matolar va nafis bezaklar uyg‘unlashgan. Strazlar va toshlar noziklik bilan joylashtirilgan – ular ortiqcha yuklamaydi, aksincha libosning ulug‘vorligini nozik ta’kidlab, har bir ko‘ylakka nafis jilo baxsh etadi.