Xeyli Biber Rhode’da qolmoqda
Bitim tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Hailey Bieber o‘zining Rhode kosmetika brendini E.l.f. Beauty kompaniyasiga 1 milliard dollarga sotdi. Bitim 28-may kuni e’lon qilingandi va brendga atigi 48 soat ichida 20 million dollarlik media-ekspozitsiya olib keldi. Shu bilan birga, Biber Rhode kompaniyasida ijodiy direktor va innovatsiyalar rahbari lavozimlarida qoladi, mahsulotlarni ishlab chiqarish va brend strategiyasini belgilashni davom ettiradi.