Yapon madaniyati kunlari

An’analarga sho‘ng‘ish

Foto: Instagram / kasugai_gallery

Ikuo Xirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvonsaroyida Yaponiya madaniyati kunlari o‘tkaziladi. 1-3 avgust kunlari tashrif buyuruvchilar “Kabuki teatri aktyorlari” ksilografiya ko‘rgazmasi, Norio Fujishironing “No teatri afishalari” va “No teatri niqoblari” ekspozitsiyalari, choy marosimi anjomlarini, an’anaviy obi va kimono kamarlarini, shuningdek, yapon oshxonasiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma hamda mulyajlarni tomosha qilishlari mumkin.

Dasturda kimono kiyish, niqob va daruma qo‘g‘irchoqlarini bo‘yash, sashiko va amigurumi texnikasi, sakura va origami yasash bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladi. Bundan tashqari, yapon shirinliklari va choyini tatib ko‘rish, an’anaviy o‘yinlar bilan tanishish imkoniyati mavjud. Mahorat darslarida ishtirok etish narxi 70 000 so‘mdan 100 000 so‘mgacha, kirish bepul.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles