Yelizaveta II garderob ko‘rgazmasi
Qirolicha liboslari namoyish etiladi

2026-yil bahorida Bukingem saroyida Yelizaveta II uslubiga bag‘ishlangan keng ko‘lamli ko‘rgazma ochiladi. Ko‘rgazmada 200 ga yaqin libos, jumladan, nikoh va toj kiyish marosimi liboslari, hamda kundalik kiyimlar namoyish etiladi. Ko‘rgazma qirolicha tug‘ilgan kunining 100 yilligiga bag‘ishlanadi.
Kiyim-kechaklar bilan bir qatorda, monarxning kiyinish jarayoni haqida ma’lumot beruvchi dizaynerlik chizmalari, mato namunalari va qo‘lyozma xatlar ham ko‘rsatiladi. Bu materiallar qirolichaning o‘z obrazlarini yaratishdagi ishtirokini yoritib beradi.