Yo‘nalish – o‘zingizga qaratilsin
Uslubingiz shturvalini qo‘lga oling

Quyosh, yelkanlar va sochlaringizni to‘zitayotgan o‘ynoqi shamol. Bu yozni biz mana shunday eslab qolamiz: dengiz shamoli terimizga salqinlik beradigan, o‘zimizni yengil his qiladigan charog‘on palla. Kiyinish uslubimizda bo‘lsa faqat aniq shakllar, meʼmorchilikka xos elementlar (chizgilar) va puxta o‘ylangan yorqin detallar bilan yodimizda qoladi bu fasl. Klyosh shimlar, yirik yo‘l-yo‘l matodan tikilgan kiyimlar va dengizchilarga xos yoqalar dengiz salqinligi hamda shahar harorati sezilib turadigan zamonaviy shakl-shamoyilni (siluet) yaratadi.
Unutmang, faqat yelkanlarni emas, balki hayotingizni ham boshqara olasiz. Buning uchun o‘zgarishlar shamoli sizni janub quyoshi qiyofaning bir bo‘lagiga aylanadigan tomonlarga yetaklashiga qo‘yib berishingiz kerak bo‘ladi. Bugun moda – bu namoyish emas, balki feʼl-atvoringizning tili bo‘lib, u birinchi navbatda siz o‘z hayotingizning kapitani ekaningiz haqida so‘zlaydi.

Bosh kiyim Celine, suv kiyimi Fendi, kurtka Jil Sander

Bluza Jacquemus, shim Marcel Ostertag, ko‘zoynak Balenciaga, sharf Saint Laurent

Bosh kiyim Celine, suv kiyimi Fendi, kurtka Jil Sander, etik Dorothee Schumacher

Сho‘milish kiyimi stilistga tegishli

Jaket Jacquemus, shim Max Mara, oyoq kiyim Tod’s

Kardigan Jardin des Orangers, sharfa Versace

Plash Burberry, ko‘ylak Jacob Lee, sumka Furla, taqinchoqlar Maria Black

Ko‘ylak Marcel Ostertag, sumka Simkhai, oyoq kiyim Stuart Weitzman

Bluza Chloé
Creative Director: Celin May & Paula Kautschitz
Photographer: Celin May / @celinmvy
Stylist: Elena Mate Jovsky / @elena.may.styling
Hair & Makeup Artist: Rebecca Spendlove / @rebeccaspendlove
Model: Paula Kautschitz / @pamcca
Assistant: Leo Hernandez / @jlh.viewfinder
Producer: Widspire / @widspire