Yohji Yamamoto 2026-yil bahor-yoz kolleksiyasini namoyish etdi
Kelajak haqidagi tashvish ilhom manbai bo‘ldi

Yoji Yamamoto Parijdagi erkaklar moda haftaligida 2026-yil bahor-yoz kolleksiyasini taqdim etib, u orqali insoniyat kelajagi haqidagi tashvishini ifodaladi. Dizayner pank ruhidagi ma’yus, biroq she’riy kolleksiya yaratdi.
Podiumda issiq kostyumlar, ipak xalatlar, kombinezonlar va keng bichimli shimlar namoyish etildi. Obrazlar vitraj ko‘rinishidagi naqshlar hamda “No more wars” va “Your heart is like the ocean, mysterious and dark” singari yozuvlar bilan to‘ldirildi. Modellar charm sandallar, yirtiq sviterlar va yo‘g‘on zanjirlar taqib chiqishdi.
Namoyish blyuz musiqasi jo‘rligida o‘tdi, Yamamotoning o‘zi esa “Endless Love” va “Don’t Look Back in Anger” qo‘shiqlariga kaver ijro etib, dunyoga sevgi va shifo haqidagi qo‘shiqlar zarurligini ta’kidladi.