Yozgi chidamli makiyaj
Har qanday issiqda ham yangilik va yorqinlikni qanday saqlash mumkin

Yoz o‘z talablarini qo‘yadi: jazirama, quyosh nurlari va ob-havoning injiqliklari oldimizga murakkab vazifani qo‘yadi – pardozni uzoq vaqt davomida benuqson saqlash. Dog‘lar, yoyilib ketgan tonal krem va oqib tushgan kiprik bo‘yog‘i haqida unuting. Chidamlilik siri – bu chuqur namlanishdan boshlanib, to‘g‘ri mahsulotlarni tanlash bilan yakunlanadigan san’atdir. Pardozni nafaqat chiroyli, balki yozgi sinovlarga bardoshli qilish yo‘llarini bilishga tayyormisiz? Unday bo‘lsa, o‘qishda davom eting va kun bo‘yi porlab yuring.
Namlanish sizning asosiy ittifoqchingiz
Eng muhimidan boshlaymiz: mukammal namlangan terisiz hech qanday pardoz issiqqa bardosh berolmaydi. Tasavvur qiling, teri – bu mato, namlanish esa dekorativ kosmetikaning tekis yotishiga va yorilmasligiga yordam beradigan asos. Yuzni pardozga tayyorlash va kundalik qiyofani yaratish uchun namlantiruvchi tarkibli yengil krem yoki zardob zarur.

fotо: freepik
Praymer – ko‘rinmas sehrgar
Chidamlilikning oltin kaliti – praymer. U go‘yo sehrli filtrday teri tuzilishini tekislab, pardoz uchun qatlam yaratadi. Jaziramada yuzingizni tetik va baxmaldek saqlashga yordam beradigan yengil, xiralashtiruvchi yoki nafis yaltiroq teksturalarni tanlang.

fotо: unspalsh
Tonal vositalar: bitta idishda yengillik va chidamlilik mujassam
Og‘ir kremlarni unuting! Bu mavsumda – yuqori darajada chidamli va SPF himoyali yengil tonal vositalar kerak. Ular nafaqat teriga bir xil tus va tabiiy yorqinlik beradi, balki terining sog‘lig‘i va go‘zalligini saqlab, ultrabinafsha nurlardan ham himoya qiladi. Juda yupqa qatlamlar bilan surting va “tabiiy teri” effektini olasiz.

фото: unspalsh
Ko‘z va lab pardozi: yuqori darajadagi chidamlilik
Suvga chidamli kiprik bo‘yog‘i va qalam haqida unutmang – ular hatto eng issiq kunda ham ko‘zning tiniqligini saqlab qoladi. Lablar uchun chidamli tintlar va xira labbo‘yoqlarni tanlang – ular rangni ta’kidlab, limonad stakanda iz qoldirmaydi.

fotо: unspalsh
Fiksatsiya – yakuniy shtrix
Eng muhim bosqich – fiksatsiya. T-zonaga surtilgan yengil upa yaltiroqlikni yo‘qotadi, fiksatsiyalovchi sprey esa pardozga xuddi hozirgina surtilgandek chidamlilik va yangilik baxsh etadi. Jaziramada bu juftlik haqiqiy qutqaruvchi vositadir!
Bu mavsumda yozgi pardoz nafaqat go‘zallik, balki chidamlilikning puxta o‘ylangan formulasidir. Esda tuting: parvarish va to‘g‘ri kosmetika quyosh ostida mukammal obrani ta’minlaydi.