Yozgi soch parvarishi haqidagi 5 ta mif

Aldo Coppola bilan soch go‘zalligini qanday saqlash mumkin

23 Iyul 2025
Foto Aldo Coppola axborot xizmati tomonidan taqdim etilgan

Yoz fasli soch salomatligi uchun haqiqiy sinov bo‘lishi mumkin: ultrabinafsha nurlarning uzoq muddatli ta’siri, kuchli terlash, dengiz suvi va issiq asboblardan tez-tez foydalanish soch tuzilishini zaiflashtirib, bosh terisi holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. To‘g‘ri parvarishning kaliti muvozanatdadir: UB-nurlanish va issiqlikdan himoyalanish, muntazam namlash, ehtiyotkorlik bilan yuvish va turmak qilish.

1. Quyosh sochga zarar yetkazmaydi, degan fikr noto‘g‘ri

Quyosh sochlarga ham teriga o‘xshab zarar yetkazishi mumkin. Uzoq vaqt ultrabinafsha nur ta’sirida bo‘lish keratinni parchalaydi, soch tuzilishini zaiflashtirib, ularni mo‘rt, xira va quruq qiladi. Ayniqsa, bo‘yalgan sochlar juda ta’sirchan – ultrabinafsha nurlari pigmentni tezda yuvib, rangni xiralashtirib qo‘yadi.

Sochlarni himoya qilishda ultrabinafsha filtrli sprey yordam beradi. Masalan, Aldo Coppola Aquamare Protective Filter – yozda almashtirib bo‘lmaydigan vosita hisoblanadi. Bu yengil va sochlarda sezilmaydigan sprey-sanskrin sochlarga yumshoqlik va jilo beradi. Minerallar, mikroelementlar va vitaminlarga boy qo‘ng‘ir suv o‘tlari ekstrakti tufayli sezilarli qarishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, namlik darajasini saqlab, rangning to‘yinganligini ta’minlaydi. Sochlarni quyoshdan himoya qilish teri uchun SPF kabi muhimdir.

2. Quyoshli kundan so‘ng sochlar alohida parvarishga muhtoj emas, degan fikr xato

Uzoq muddatli quyosh ta’siridan so‘ng sochlarning sog‘lom va go‘zal bo‘lishi uchun ikki bosqichli maqsadli parvarish zarur.

Birinchi bosqich – tuz, qum, xlor, ter va quyoshdan himoyalovchi vositalar qoldiqlaridan yumshoq, ammo samarali tozalash. Aldo Coppola Aquamare After Sun Shampoo – kremsimon, to‘yimli formula bo‘lib, sochlarni chuqur namlaydi va ularga yumshoqlik hamda hajm beradi. Kundalik foydalanish quyosh, shamol va dengiz suvi tufayli yuzaga keladigan qurish va suvsizlanishning oldini olishga yordam beradi.

Ikkinchi bosqich – quyoshdan keyin intensiv tiklovchi niqob qo‘llash. U namlikni tiklaydi, soch tolasini mustahkamlaydi, mayinlik, elastiklik va sog‘lom yaltiroqlikni qaytaradi.

Qo‘ng‘ir suv o‘tlari ekstrakti bilan boyitilgan Aquamare After Sun Mask sezilarli yumshatuvchi va himoya qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi, namlik bilan to‘yintiradi va sochlarni jonlantiradi. Suv o‘tlari ta’minlaydigan minerallashuv sochlarning umumiy holatini yaxshilaydi, ularni yumshoqroq, hajmli va tarash osonroq qiladi. Ayniqsa, bo‘yalgan sochlar uchun samarali hisoblanadi.

Foto Aldo Coppola axborot xizmati tomonidan taqdim etilgan

3. Nam sochlar ultrabinafsha nurlanishga kamroq ta’sirchan bo‘ladi

Aslida, nam sochlar ko‘proq zarar ko‘radi — ular zaiflashib, quyosh ta’sirida yanada kuchliroq shikastlanadi.

Agar siz plyajda nafis “ho‘l ko‘rinish”ni saqlab qolmoqchi bo‘lsangiz, bir vaqtning o‘zida kerakli uslubni beradigan va tashqi omillardan himoyalaydigan gel vositasidan foydalaning.

Foto Aldo Coppola axborot xizmati tomonidan taqdim etilgan

Shatush Suncare Hair Gel – soch tolalariga oson surtiladigan va mukammal qoplamani ta’minlaydigan yengil, yumshoq geldir. U sochlarni ultrabinafsha nurlari, tuz va shamoldan himoya qilish bilan birga, ularni oziqlantiradi va namligini tiklaydi. Har safar qo‘llanilgandan so‘ng sochlar yumshoqroq, yaltiroqroq va itoatkorroq bo‘ladi.

4. Tabiiy yog‘lar sochlarni quyosh va issiqdan himoya qiladi

Aksincha, yog‘lardan noto‘g‘ri foydalanilsa, ular sochlarning zararlanishini kuchaytirishi mumkin. Kokos, argan va boshqa tabiiy yog‘lar yozda mashhur, ammo ular ultrabinafsha nurlanishidan himoya qilmaydi. Bundan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari ostida yog‘lar sochlarning qizishini kuchaytiradi, bu esa ularning yuzasini “kuydirishga”, namligini yo‘qotishga va tuzilishining buzilishiga olib keladi.

Tabiiy yog‘larda oksidlanishdan kelib chiqadigan zararning oldini oladigan ultrabinafsha filtrlari yo‘q. Faqat himoya komponentlari bo‘lgan maxsus formulalar rangning o‘chishi, mo‘rtlik va elastiklikning yo‘qolishidan haqiqiy himoya qila oladi.

5. Barcha zararlarni bartaraf etish uchun yozdan keyin sochlarni kesish kifoya

Soch uchlarini qirqish tashqi ko‘rinishni yaxshilaydi, lekin quyosh, tuz, xlor va shamolning uzoq ta’siridan keyin sochlarni to‘liq tiklamaydi.

Yozgi shikastlanishlar nafaqat soch uchlariga, balki butun soch tuzilishiga ta’sir qiladi, ularni quruq, g‘ovak va mo‘rt qiladi. Shuning uchun himoyani jarayon davomida boshlash muhim – sochlarning ildizidan uchigacha kuchini, yumshoqligini va yaltiroqligini saqlaydigan maxsus mahsulotlar va tiklovchi muolajalar yordamida.

Foto Aldo Coppola axborot xizmati tomonidan taqdim etilgan

Shatush Suncare mahsulotlari yoz bo‘yi sochlarning go‘zalligini saqlash uchun zarur bo‘lgan yumshatuvchi va tiklovchi xususiyatlarga ega qimmatli tabiiy tarkibiy qismlar bilan boyitilgan. Bu kundalik parvarish marosimi quyosh, shamol va basseyndagi xlor ta’sirida hosil bo‘ladigan erkin radikallardan himoyalanishni ta’minlaydi.

Hamkorlik materiali

Maqolani baham ko'ring

Related articles